“Liverpul” Jotaga yodgorlik o‘rnatdi

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” jamoasi o‘zining sobiq futbolchisi Diogu Jota hamda uning ukasi Andre Silva xotirasiga bag‘ishlab yodgorlik o‘rnatdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Yodgorlik lenta shaklidagi yurak ko‘rinishida ishlangan bo‘lib, turli tomondan qaralganda futbolchilarning forma raqamlari – 20 va 30 sonlari ham ko‘rinadi. Lentaga “20 Forever” (“20 abadiy”) degan yozuv tushirilgan.

Yodgorlik o‘rnatilgan poydevorda ham shu ibora, shuningdek, muxlislar har bir o‘yinning 20-daqiqasida kuylaydigan qo‘shiq satrlari aks ettirilgan. Poydevor qismida esa “Enfild” muxlislari qoldirgan ko‘plab yodgorlik buyumlari saqlanadi.

Haykalda Jotaning futboldan tashqaridagi hayoti ham aks ettirilgan. Jumladan, poydevorda uning videoo‘yinlarga qiziqishini ifodalovchi “pleysteyshen” pulti tasviri joylashtirilgan.

Yodgorlikning ochilish sanasi keyinroq ma’lum qilinadi. U “Enfild” yaqinidagi 97 prospekt hududiga o‘rnatiladi. Aynan shu joyda muxlislar futbolchilarning vafotidan so‘ng gullar va esdalik buyumlarini qoldirgan.

Ma’lumot uchun, Jota 2025 yilning 3 iyul kuni Ispaniyada yuz bergan avtohalokat oqibatida vafot etgan edi. U ukasi Andre bilan birga ketayotgan Lamborghini avtomobili quvib o‘tish vaqtida g‘ildiragi yorilib, yo‘ldan chiqib, avtomobil ag‘darilib, yonib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

“Liverpul'” Diogu Jota Yodgorlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing