Van Deyk “Liverpul”ni tark etişi mumkin
Sport
−
09:55 485 1 daqiqa
“Liverpul” himoyaçisi va sardori Virjil van Deyk jamoani tark etişi mumkinligi haqida gapirdi. Bu haqda niderlandiyalik futbolçi “TNT Sports” naşriga bergan intervyusida söz oçdi.
“Özimni yaxşi his qilyapman, lekin hozir gap men haqimda emas. Köramiz. Men umuman vahimaga tuşmayapman. Öynaşda davom etişni va qilayotgan işimni bajarişni xohlayman. Köramiz, bu mavsum nimalarga olib keladi. Hozirça ajoyib vaqt ötkazyapman. Agar hammasi şu tarzda davom etsa, şunday bölaversin. Aks holda, boşqa joyga ketaman. Hozirça e’lon qiladigan heç narsam yöq, ammo bu qandaydir bosim yoki stress ostida ekanimni anglatmaydi”, deydi van Deyk.
Jarohati sababli van Deyk Niderlandiya terma jamoasining UEFA Millatlar ligasidagi bölajak uçraşuvlarini ötkazib yuboradi. Himoyaçining “Liverpul” bilan şartnomasi 2027 yil yozida yakunlanadi.
Ma’lumot uçun, niderlandiyalik futbolçi joriy mavsumda barça musobaqalarda 15 ta uçraşuvda maydonga tuşib, jami 1270 daqiqa harakat qildi. Uning hisobida gol va golli uzatmalar mavjud emas. Şuningdek, himoyaçi mavsum davomida 3 marta sariq kartoçka oldi.
Live
Barchasi