Ronaldu Jotani masxara qilgan muxlislarni jazolashga chaqirdi
Sport
−
09:58 365 2 daqiqa
Besh karra “Oltin to‘p” sohibi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Futbol Ligasini “Al-Hilol”ga qarshi o‘yinda “Al-Taavun” muxlislarining xatti-harakatlariga munosib baho berishga chaqirdi. Bu haqda Ronaldu “LiveMode TV”ning Instagram’dagi postiga izoh qoldirdi.
Uchrashuv joriy yilning 12 sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi va “Al-Hilol”ning 6:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yin davomida “Al-Taavun” muxlislari “Al-Hilol”ning portugaliyalik yarim himoyachisi Ruben Neveshni uning marhum vatandoshi Diogu Jotaning nomini tilga olib, jahlini chiqarishga urindi. Futbolchi esa bunga javoban osmonga ishora qildi. Manba ushbu ishorani “Xudo hamma narsani ko‘rib turibdi” deya talqin qilgan.
“Liga bu holat bo‘yicha chora ko‘rishi va muxlislarni bunday xatti-harakatlari uchun jazolashi kerak. Bu endi futbol emas. Qabul qilinishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarning chegarasi bo‘lishi kerak. Bunday yo‘l tutgan insonlar hech qachon stadionga kiritilmasligi lozim”, deb yozdi Ronaldu.
Ma’lumot uchun, Diogu Jota 2025 yil iyul oyida ukasi bilan birga yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan. O‘sha vaqtda portugaliyalik futbolchi 28 yoshda edi.
Jota 2020 yildan buyon “Liverpul” safida to‘p tepib kelgan. U jamoa bilan Angliya chempionati, Angliya Kubogi va Liga Kubogida g‘olib chiqqan. Shuningdek, Portugaliya terma jamoasi bilan ikki marta Millatlar ligasida chempion bo‘lgan.
Jota faoliyati davomida Ispaniyaning “Atletiko Madrid”, Portugaliyaning “Portu” va Angliyaning “Vulverxempton Uonderers” klublarida ham o‘ynagan.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr