Farg‘ona va Andijon viloyatlarida zilzila bo‘ldi
Jamiyat
−
14 mart
7386Bugun, 14 mart kuni Farg‘ona va Andijon viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Mahalliy vaqt bilan soat 09:49 da zilzila sodir bo‘ldi. Uning epimarkazi Toshkentdan 262 km janubiy-sharqda, Farg‘ona viloyatining Quva tumanida joylashgan. Zilzila koordinatalari: 40,55 gradus shimoliy kenglik; 72,19 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,3. Chuqurlik 10 km.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Marhamat tumanida 2-3 ball, 10 km.
- Asaka tumanida 2 ball, 13 km.
- Quva tumanida 2 ball, 15 km.
- Shahrixon tumanida 2 ball, 19 km.
Eslatib o‘tamiz, 4 mart kuni Qashqadaryo viloyatida, 5 mart kuni Toshkent viloyatida, 7 mart kuni esa yana Qashqadaryo viloyatida ketma-ket ikki marta zilzila sodir bo‘lgandi.
LiveBarchasi