Farg‘ona va Andijon viloyatlarida zilzila bo‘ldi

Jamiyat

−

image

Bugun, 14 mart kuni Farg‘ona va Andijon viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi. 

Mahalliy vaqt bilan soat 09:49 da zilzila sodir bo‘ldi. Uning epimarkazi Toshkentdan 262 km janubiy-sharqda, Farg‘ona viloyatining Quva tumanida joylashgan. Zilzila koordinatalari: 40,55 gradus shimoliy kenglik; 72,19 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,3. Chuqurlik 10 km. 

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Marhamat tumanida 2-3 ball, 10 km.
  • Asaka tumanida 2 ball, 13 km.
  • Quva tumanida 2 ball, 15 km.
  • Shahrixon tumanida 2 ball, 19 km.

Eslatib o‘tamiz, 4 mart kuni Qashqadaryo viloyatida, 5 mart kuni Toshkent viloyatida, 7 mart kuni esa yana Qashqadaryo viloyatida ketma-ket ikki marta zilzila sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing