Farğonada Telegram orqali aslida yöq dorini sotgan şaxs qölga tuşdi (video)
3-sahifa
−
14:21 308 1 daqiqa
Farğonada Telegram orqali dori vositalarini sotişni va’da qilib, fuqarodan 4,8 million söm olgan şaxs uşlandi. Bu haqda Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, noma’lum şaxs Telegram messenjerida özini “Kuzayfa” deb taniştirib, fuqarolarga dori vositalarini yetkazib berişni taklif qilgan. U jabrlanuvçidan 4 million 800 ming sömni bank kartasiga ötkazdirib olgan va şundan söng aloqani uzgan.
Holat yuzasidan ötkazilgan tekşiruvda gumonlanuvçi pullarni öz ehtiyojlari uçun işlatganini tan olgan. U qilgan işidan puşaymonligini bildirib, jabrlanuvçidan keçirim söragan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda tadbirkorga 30 sotix yerni sotişni va’da qilib, undan 240 ming dollar olgan erkakning harakatlari yuzasidan firibgarlik böyiça jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi