Toşkentda soxta MÇJ rahbari tadbirkorni $240 mingga çuv tuşirdi
3-sahifa
−
15:08 837 2 daqiqa
Toşkentda tadbirkorga 30 sotix yerni sotişni va’da qilib, undan 240 ming dollar olgan erkakning harakatlari yuzasidan firibgarlik böyiça jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, tadbirkor A.F. öz faoliyatini kengaytiriş maqsadida böş yer maydoni izlayotgan bölgan. Şu payt u tanişi Yu.A. bilan uçraşib qolgan. Yu.A. özini mas’uliyati çeklangan jamiyat rahbari sifatida taniştirib, jamiyat hududida 30 sotix böş yer borligini va uni 360 ming dollarga sotişi mumkinligini aytgan.
A.F. uning gaplariga işonib, qolgan pulni bölib-bölib tölaş şarti bilan 240 ming dollarni oldindan bergan. Keyin yer maydonini köriş va işlarni rejalaştiriş uçun Yu.A. aytgan manzilga borganida, u yerda bunday şaxs işlamasligi ma’lum bölgan.
Şundan söng, jabrlanuvçi Mirzo Uluğbek tumani içki işlar organlariga murojaat qilgan. Bildirilişiça, holat yuzasidan 1996 yilda tuğilgan Yu.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xorazmda “Xorazm suv ta’minoti” AJ yuridik inspektori savdo şoxobçasini içimlik suvi tarmoğiga ulaş uçun 6 mln sömni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida uşlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi27 Oktyabr