100 mln söm oylik, 20 mln dollar kamomad, qotil is gazi va zaharlangan bolalar – Hafta tahlili
Tahlil
−
31 Oktyabr 896 15 daqiqa
Özbekistonda örtaça oylik iş haqi qariyb 7,3 mln sömga yetdi
Bu hafta hammaning oğzida bir gap: eşitdingizmi Zör TV telekanalining prodyuseri Dilşod Mirzamurodov 100 milliondan ortiq oylik maoş olarkan. Dollar emas, sömda. Sömda bölsa-da bu köpçilikning “men-çi, men oyiga qança topyapman”, deb öziga savol bilan yuzlanişiga sabab böldi. Mirzamurodov özining ilk kirgan yillarida 16 million söm oylik olgani va hozirda maoşi 100 million sömdan ortiqligini Prezident Şavkat Mirziyoyevning 26 oktyabr kuni kinematografiya sohasi xodimlari bilan uçraşuvida aytdi.
Şuningdek, uşbu yiğinda iştirok etgan 22 yaşar rejissyor Munisa Magametibragimova ayni vaqtda Bolalar kontentini rivojlantiriş markazida işlaşi va hozirda 22 million söm oylik maoş olişini aytdi. Prezident uni şu kunning özida “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotladi.
San’at sohasiga endigina qadam qöygan bu qizning maoşi ham Özbekistonda hatto katta san’at darğalarining oldida maqtagulik. Lekin, san’atga köp yil xizmat qilganlar ham maoşidan nolimadi öşa yiğinda. Özbek milliy akademik drama teatri aktyori, Özbekistonda xizmat körsatgan artist Farhod Abdullayev aynan Prezident Mirziyoyev davrida qöli pul körganini aytarkan, hozir ham pensiyasi, ham maoşini töliq olişini, bir vaqtlar uy oliş orzu bölgani, hozir uy, maşina, öz istagan hamma narsaga erişganini aytdi.
Aktyor Farhod Abdullayev davlat rahbarining ham özi bilan boğliq va butun mamlakat taqdirini ifoda etgan xotiralarini jonlantirib yubordi. Prezident Şavkat Mirziyoyev ham öqişni bitirgan yillari, öşa vaqtlarda propiska masalasini oğriq bilan esladi.
Kino sohasi xodimlari bilan uşbu uçraşuv mamlakatdagi oylik maoşlar masalasi, odamlarning daromadlari bilan boğliq savollarni kun tartibiga çiqardi. Oyliklar muhokamada bölgan uşbu haftada Milliy statistika qömitasi joriy yilning yanvar – sentyar oylari davomida mamlakatda örtaça oylik iş haqi qança bölganini e’lon qildi – 7 mln 274,1 ming söm. Qayd etilişiça, uşbu qiymatda ötgan yilning mos davriga nisbatan 18 foizga ösiş bor. Şu bilan birga, ilk bor reallikka yaqin mediana iş haqi e’lon qilindi. Unga köra, respublika böyiça mediana iş haqi 4 mln 166,3 ming sömni taşkil etdi.
Hududlar kesimida örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi Toşkent şahrida 12 mln 300 ming sömga teng bölib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 18,3 foizga ösgan. Şuningdek, bu körsatkiç Namangan viloyatida 5 mln 395 ming sömni, Jizzax viloyatida 5 mln 506 ming sömni, Toşkent viloyatida 6 mln 889 ming sömni, Buxoro viloyatida 5 mln 840 ming sömni, Farğona viloyatida 5 mln 383 ming sömni va Qoraqalpoğiston Respublikasida 5 mln 676 ming sömni taşkil etgan.
Örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi Qaşqadaryo viloyatida 4 mln 969 ming söm, Xorazm viloyatida 5 mln 623 ming söm, Sirdaryo viloyatida 5 mln 736 ming söm, Andijon viloyatida 5 mln 765 ming söm, Navoiy viloyatida 8 mln 820 ming söm, Surxondaryo viloyatida 4 mln 988 ming söm hamda Samarqand viloyatida 5 mln 373 ming söm bölib, ularda boşqa hududlarga nisbatan ösiş sur’ati past.
Eng yuqori ösiş sur’ati taşiş va saqlaş sohasida qayd etilgan. Bu sohada 2025 yilning mos davriga nisbatan ösiş sur’ati 119,8 foizni taşkil etib, iş haqi miqdori 11 mln 269 ming sömga yetgan.
Hududlar kesimida mediana iş haqining eng yuqori körsatkiçi Toşkent şahrida qayd etilgan bölib, 6 mln 791,2 ming sömni, eng past körsatkiç esa Sirdaryo viloyatida 2 mln 998,4 ming sömni taşkil etgan. Iqtisodiy faoliyat turlari böyiça mediana iş haqining eng yuqori körsatkiçi bank, suğurta, lizing, kredit va vositaçilik faoliyatida qayd etilgan bölib, 11 mln 363 ming sömni, eng past körsatkiç esa yaşaş va ovqatlaniş böyiça xizmatlarda 2 mln 860 ming sömni taşkil etgan.
Mediana iş haqi – bu aholining maoşlarini teng ikkiga böluvçi örtaça körsatkiçdir. Ya’ni agar, mamlakatdagi yoki muayyan sohadagi sizdan kam va köp maoş oladigan barça xodimlarni kamdan köpga qarab qatorga tizib çiqilsa, aynan örtada turgan odamning iş haqi mediana iş haqi böladi.
Prezident bilan ötgan yiğilişga qaytadigan bölsak, unda natijalar bisyor. Kinematografiya agentligi tugatilib, kino sohasida davlat siyosatini yuritiş vakolati Madaniyat vazirligiga ötkaziladi. Vazirlikda Kino san’ati departamenti taşkil etiladi. Departament rahbarining maqomi vazir örinbosariga tenglaştiriladi. “Özbekfilm”ning taşkiliy va iqtisodiy modeli yangilanadi. Davlat muassasasi tugatilib, zamonaviy biznes modeli asosida işlaydigan yangi “Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi taşkil etiladi. “Özbekfilm”ning 10 gektarlik hududida “Özbekfilm kino şaharçasi” taşkil etiladi. Özbekiston Kino arboblari va Özbekiston kino sanoati vakillari uyuşmalari birlaştirilib, Özbekiston kino sohasi vakillari palatasi taşkil etiladi. Davlat rahbari uçraşuv bahonasida milliy kino san’atini hayotiga bağişlagan ijodkor, xalqning sevimli rejissyori Zulfiqor Musoqovga Yangi Toşkentdan uç xonali kvartira sovğa qildi.
IMAN Holding va Mahmud Usmon örtasida mojaro
Özbekiston moliya bozori tebranmoqda. Töğriroği, Islom moliyasini muvofiqlaştiriş kengaşi a’zosi – islom moliyasi böyiça xalqaro auditor Mahmud Usmonning bayonoti ijtimoiy tarmoqni tebratib yubordi. U öz bayonotida “Iman Invest” bilan hamkorlikni zudlik bilan va töliq töxtatganini e’lon qilarkan, kompaniya faoliyatida şubhali tranzaksiyalar aniqlanganini bildirdi.
Mahmud Usmonning bayonotiga köra, u tomonidan heç qaçon kompaniya faoliyati böyiça yakuniy xulosa berilmagan, şar’iy audit jarayoni esa davom etgan. 2026 yil iyul oyida kengaşga kompaniyadagi şubhali tranzaksiyalarni aks ettiruvçi hujjatlar kelib tuşgan. Şundan söng xalqaro moliyaçilar, huquqşunoslar va şar’iy auditorlardan iborat taftiş komissiyasi tuzilib, uç yarim oy davomida tekşiruv olib borilgan. Moliyaviy tekşiruvlar 15 oktyabr kuni yakunlangan.
Kompaniya rahbariyati investorlar mablağlaridan islom moliyasi tamoyillari, içki hujjatlar va Özbekiston qonunçiligiga zid ravişda foydalangan. Xususan, “Iman Invest” mudoraba asosida faoliyat yuritişiga qaramay, investor kapitali yoki uning bir qismi qaytarilmaydigan holatga kelgan paytda ham foyda taqsimlangani aytilgan. Şuningdek, investorlar mablağlari qimmatbaho avtomobillar va xonadonlar xaridi, şaxsiy manfaatlar hamda ma’muriy xarajatlarga sarflangani ta’kidlangan.
Mahmud Usmonga köra, kompaniyaning portfeli 70 million AQŞ dollarini taşkil etib, hozirda 20 million AQŞ dollari kamomad mavjud va u bunda kompaniya rahbari Rustam Rahmatovni ayblagan. Mahmud Usmonov hozirgi vaziyatda investorlar mablağlarini qaytariş talabi qöyilgan taqdirda, kompaniya uşbu majburiyatlarni töliq bajara olmasligi mumkinligini bildirgan. Şu sababli aniqlangan qoidabuzarliklar bartaraf etilib, zarar qoplanmagunça “Iman Invest”ga mablağ kiritmaslikni şariat nuqtai nazaridan tavsiya etgan.
“Iman Invest” kompaniyasi asosçisi Rustam Rahmatov Mahmud Usmon tomonidan kompaniya faoliyatiga nisbatan bildirilgan davolarni rad etdi. Uning aytişiça, tomonlar örtasidagi kelişmovçilik xizmat haqlarini kamaytiriş masalasi va kompaniya aksiyalaridan uluş söralişi ortidan yuzaga kelgan. Rahmatovning iddao qilişiça, Mahmud Usmon bilan ikki yarim yillik hamkorlik davomida unga 100 ming dollardan ortiq xizmat haqi tölangan. Keyinçalik kompaniya uşbu tölovlarni kamaytirişga qaror qilgan. Şuningdek, Mahmud Usmon “Iman Holding” aksiyalaridan uluş söragan. Rahmatov esa kompaniya şeriklari bilan maslahatlaşib, bu taklifni rad etgan.
Rahmatov Mahmud Usmon bilan hamkorlik töxtatilganidan keyin kompaniya Şayx Muhammad Taqiy Usmoniy bilan hamkorlikni boşlagani, yangi audit natijalari taxminan bir oy içida e’lon qilinişini aytdi, biroq Mahmud Usmon keyingi videomurojaatida bu ham yolğonligini bildirdi.
Mahmud Usmon Rustam Rahmatovning kompaniyadan uluş talab qilgani haqidagi da’volarini rad etdi. Uning ta’kidlaşiça, aksinça, kompaniya rahbariga öz uluşini yetimxonaga berişni taklif qilgan va uni rahbarlikdan ketişga çaqirgan.
70 million dollarlik portfelda 20 millionlik kamomad. Şunça pul qayerga ketdi? IMAN Holding uşbu talqinga qöşilmasligini bildirib, keltirilgan summa 3 ta alohida moliyaviy körsatkiçni birlaştirişi va ularni bevosita zarar sifatida baholaş notöğri ekanini ma’lum qildi. Unga köra, birinçisi, 3,5 million dollar – muammoli qarzlar böyiça zaxiralar bilan qoplanmagan risk. 1 oktyabr holatiga bunday qarzlarning portfeldagi uluşi 6,5 foizni taşkil etgan. 31,91 milliard sömlik zaxiralar hisobga olinganda esa bu körsatkiç 3,5 foizga tuşgan.
Ikkinçisi, 2,97 million dollar – boşqaruv kompaniyasining investitsiya fondi oldidagi qarzi. Kompaniya izohiga köra, bu qarz boşqaruv taşkilotining joriy xarajatlarini fond mablağlari hisobidan moliyalaştiriş oqibatida yuzaga kelgan.
Uçinçisi – 140,75 milliard söm miqdoridagi ortiqça kapital. Murojaatda barça investorlar mablağlarini qaytarib olişga ariza bergan taqdirda, ularga pulni töliq qaytariş imkoniyati yöqligi aytilgan edi. IMAN ma’lumotlariga köra, 2026 yil 1 oktyabr holatiga nasiya savdo portfeli 1 trln 105 mlrd 777 mln sömni, investorlar portfeli esa 965,02 milliard sömni taşkil etgan. Kompaniya bu raqamlar moliyaviy tafovut mavjud emasligini körsatişini bildirgan.
Hozirça tomonlar bildirgan fikrlarni tasdiqlovçi mustaqil xulosa mavjud emas.
Murojaatda fond bilan boğliq mablağlar hisobidan xarid qilingan ikkita avtomobil masalasiga ham e’tiroz bildirilgan. Kompaniya asosçisi Rustam Rahmatov uçun taxminan 128 ming dollarga Mercedes-Benz C500 avtomobili xarid qilingan. Kompaniya ma’lumotiga köra, avtomobil fond foydasiga ijaraga beriş maqsadida olingan va unga bozor stavkasida ijara haqi belgilangan. Keyingi tekşiruvda uşbu bitim islomiy moliyalaştiriş tamoyillariga mos kelmasligi tan olingan. 12 avgust kuni avtomobil sotilgan, uning qiymati va ijara tölovlari töliq qaytarilgan.
Şu bilan birga, 2023 yilda bölib tölaş şarti bilan xarid qilingan BYD Champion avtomobili böyiça qarzdorlik 31 iyul kuni Rustam Rahmatov tomonidan muddatidan oldin töliq qoplangan. Tölangan summa 366,9 million sömdan oşgan.
Işontirilişiça, bildirilgan e’tirozlarning asosiy qismi aniqlangan zahoti hal qilingan, ayrim masalalar hal qilinmoqda. Lekin Mahmud Usmonning bayonotlari ham öz holiça qolmadi. Kompaniya rahbari Rustam Rahmatov boşqaruvdan çekinyapti va kuzatuv kengaşiga ötyapti. Ammo bu bilan masalalar hal bölib, u yana odamlar işonçini oqlaydimi, bunisi hozirça nafaqat Rahmatov va u tuzgan moliyaviy taşkilot, balki butun Moliya bozoridagi oğriqli savol bölib turibdi. Uşbu hodisa islom moliyasi endigina kurtak yozayotgan Özbekistonda haqiqatan ham bu sohaga soya solgan voqea böldi, deyiş mumkin.
Eron elçixonalarining “biryoqlama” bayonoti
Ötgan hafta AQŞ Davlat kotibi Marko Rubioning Özbekistonga qilgan taşrifi nafaqat dunyo nigohini Özbekistonga qaratdi, balki köpçilikka alam ham qilgan körinadi. Öşa taşrifda Registonni aylangan Rubio Yer yuzida Samarqand kabi global savdoda tarixan muhim rol öynagan joylar kamdan-kam uçraşini aytgandi. Eronning Armanistondagi elçixonasi esa X ijtimoiy tarmoğida post e’lon qilib, Registon fors sivilizatsiyasining bir bölagi ekanini da’vo qildi.
“Tarixni örganayotganingiz juda soz! Siz turgan bu joy Fors sivilizatsiyasi va me’morçiligining bir qismidir”, deya yozib qoldirilgan diplomatik missiya sahifasida.
Eronning Zimbabvedagi elçixonasi Registon maydonidagi ravoqlarni Eron-islom sivilizatsiyasiga xos me’moriy belgi deb atagan bölsa, Bolgariyadagi elçixonasi Rubio Samarqandda fors merosi fonida suratga tuşganini yozgan. Uşbu kurakda turmaydigan valdiraşlar ortidan Eron Islom Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Muhammad Ali Iskandariy Taşqi işlar vazirligiga çaqirtirildi. Eron tomoniga Özbekistonning qat’iy e’tirozini ifodalovçi norozilik notasi topşirildi.
Eron tomoniga tegişli postlarni diplomatik vakolatxonalarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan olib taşlaş hamda kelgusida bunday holatlarning takrorlanişiga yöl qöymaslik böyiça zarur çoralar köriş talabi bildirildi. Oradan köp ötmay, elçixonalar tupurgan tupugini qaytarib olib, postlarni öçirdi. Holat ortidan Eron Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Bağoiy Özbekiston merosi özlaştirilgan bu postlar sababini tuşuntirişga urindi.
“Eron va Özbekistonni bir-biriga boğlab turuvçi riştalar bugun yoki keça paydo bölib qolgan emas. Muştarak meros xalqlar örtasidagi döstona aloqalarni davom ettiriş va mustahkamlaş uçun zamindir. Ayrim elçixonalarimizdagi döstlarimiz öz postlarini AQŞ tomoniga murojaat sifatida e’lon qilişgan edi. Biz Özbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz. Aminmizki, qöşni mamlakatlarning turli hududlarida va undan ham kengroq makonda mavjud bölgan muştarak merosimiz xalqlar örtasidagi döstona aloqalarni davom ettiriş va mustahkamlaş uçun asos bölib xizmat qiladi”.
Misrga boradigan özbekistonliklar uçun xuşxabar e’lon qilindi
Ötgan oyda joriy yil 1 noyabrdan boşlab Misr özbekistonliklarga vizasiz rejimni bekor qilayotgani, mamlakatga kiriş oldidan viza rasmiylaştiriş kerakligini xabar qilingandi. Uşbu qoida hozirça bekor qilindi, töğriroği vizasiz rejim 1 martgaça uzaytarildi.
Rasmiy Toşkentning Misr tomoni bilan töğridan töğri muzokaralar olib borişi natijasida Özbekiston fuqarolarining uşbu hududga kiriş tartibini qat’iylaştiriş böyiça avval qabul qilingan qarorni qayta körib çiqiş yuzasidan kelişuvga erişilgan. Yangi qoidalar kuçga kirguniga qadar Özbekiston fuqarolari Misrga amaldagi tartib asosida sayohat qilişi mumkin.
Şu örinda özbekistonliklar uçun yana bir yangilik bor. Ma’lumki, Tailand qirolligi ham 15 sentyabrdan boşlab özbekistonliklarga vizasiz rejimni bekor qilgan edi. Ayni vaqtda Toşkent talabi bilan özbekistonliklarning Tailand hududida 15 kun vizasiz bölişini nazarda tutuvçi hujjat ustida iş olib borilmoqda. Tailand hukumati taklifiga köra, tegişli masala 9 noyabr kuni Viza siyosati qömitasi yiğilişida körib çiqilişi kutilmoqda. Hozirça Özbekiston fuqarolari uçun 15 kungaça vizasiz kiriş tartibi rasman tasdiqlanmagan. Mavjud tartibga köra, özbekistonliklar Tailand vizasini oliş uçun Tailandning Moskvadagi diplomatik vakolatxonasiga şaxsan murojaat qilişi kerak.
Farğonadagi 3 ta boğçada bolalar ovqatdan zaharlandi
Farğona şahridagi uçta boğçada jami 51 nafar bola ovqatdan zaharlandi. Holat şahardagi 2, 7, va 47-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarida sodir bölgan. Tarbiyalanuvçilar tana haroratining kötarilişi, qorin oğriği, holsizlik, köngil aynişi va iç ketişidan şikoyat qilgan.
Bolalar boğçalarda iste’mol qilgan oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, nonuşta, tuşlik va keçki tamaddida yeyilgan taomlar örganilgan. Şuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvçilar ham aniqlangan.
Tekşiruv uçun oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlardan bakteriologik tahlil uçun namunalar olingan. Ayni paytda epidemiologik suriştiruv va laboratoriya tekşiruvlari davom etmoqda.
Toşkentda dahşatli fojia: 6 kişi is gazidan vafot etdi
Özbekistonda kuz-qiş mavsumi keldi degunça odamlarning is gazidan zaharlanib ölişi, afsuski, hayron qoldirmay qöygan voqea. Ha, oldin bunday xabarlar gaz yetib bormagan yoki gaz öçirilgan çekka hududlarda uçrardi, endi esa ular qatoriga Toşkentni ham qöşiş mukmin. Poytaxt Toşkentda 6 kişi is gazidan zaharlanib vafot etdi, yana 2 kişi oğir ahvolda şifoxonaga yotqizildi.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, hodisa quriliş-ta’mirlaş işlari olib borilayotgan xususiy uyda sodir bölgan. Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovga köra, uyning yertöla qismiga örnatilgan isitiş qozoni xavfsizlik talablariga javob bermagan, gaz tarmoğiga esa belgilangan tartibda tegişli texnik şartlarsiz ulangan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 116 (Kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 257 (Mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini buziş), 205-(Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Ayni paytda tergov harakatlari Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Uçtepadagi yonğinda vafot etgan ayol qasddan öldirilgani ma’lum böldi
Yodingizda bölsa, ötgan hafta Uçtepa tumanidagi köp qavatli uylarning birida yonğin çiqqani va kvartira içida bölgan ayol tiriklayin yonib ketgani haqida xabar bergan edik. Ayolning ölimi ortidan tarqalgan gap-sözlar yonğin baxtsiz hodisa emasligi, balki u qasddan qilinganini örtaga çiqardi.
Boş Prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning QALAMPIR.UZ söroviga javoban ma’lum qilişiça, hodisa joyida bir-biriga boğliq bölmagan 3 ta yonğin öçoği aniqlangan.
Yonğin joyida 2000 yilda tuğilgan ayolning jasadi topilgan. Şuningdek, uning yelkasidan son qismigaça bölgan joylarida termik jarohatlar aniqlangan.
Hodisa joyini közdan keçiriş davomida oşxona, yotoqxona va mehmonxonada bir-biriga boğliq bölmagan 3 ta yonğin öçoği borligi aniqlangan. Şuningdek, xonadonga qasddan öt qöyilgan bölişi mumkinligini körsatuvçi alomatlar ham qayd etilgan.
Holat böyiça Uçtepa tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Şörçi hokimi fermerlarni böralab sökkani aytilmoqda
Hokimlar dasturlarimizning asosiy qahramoni. Qança tanqid qilinmasin, ommaviy axborot vositalarida sazoyi qilinmasin, ayrimlarga gap kor qilmayapti, börillab sökinişi, odamlarni haqoratlab, huquqlarini buzişi qolmayapti. Galdagi qahramon Surxondaryo viloyatining Şörçi tuman hokimi Akbarali Işmurzoyev. U fermerlarni haqorat qilgani aytilgan audio tarqaldi. Audioda hokim paxta rejasi masalasida ötkazilgan yiğilişda fermerlani haqorat qilganini eşitiş mumkin.
Audioyozuvda hokim sifatida taniştirilgan şaxs fermerdan davlatga topşirilişi kerak bölgan hosil va yerdan foydalaniş masalalari böyiça hisobot söraydi.
Audio böyiça viloyat hokimligi munosabat bildirdi. Holatni xolis va töliq örganiş, huquqiy baho beriş uçun vakolatli idoralar vakillaridan iborat işçi guruh tuzilgan.
Viloyat hokimi Uluğbek Qosimov davlat xizmatçilari qonun ustuvorligi, inson qadri, özaro hurmat va xizmat etikasi talablariga qat’iy rioya etişi zarurligini aytgan. Örganiş natijalari asosida qonunçilikda belgilangan tartibda tegişli qaror qabul qilinişiga işontirmoqda hokimlik.
Live
Barchasi