Andijonda yuz bergan ko‘ngilsiz holat Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi

Sport

image

Avvalroq, Futbol bo‘yicha U-19 O‘zbekiston chempionatining 23-turidan o‘rin olgan “Andijon-SGS” va “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda ikki tomon futbolchilari o‘rtasida katta janjal kelib chiqqani haqida xabar berilgandi.

Holat yuzasidan Tartib-intizom qo‘mitasi U-19 birinchiligida ro‘y bergan vaziyatni o‘rganib chiqishini ma’lum qildi. 

“Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon SGS” U-19 va “Neftchi” U-19 jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv davomida futbolchilar ishtirokidagi janjal hamda mushtlashuv videolari keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan sinchkovlik bilan o‘rganib chiqiladi va mojaro sabablari aniqlanib, aybdorlarga tegishli chora ko‘riladi”, deyiladi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Neftchi Andijon-SGS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing