“Neftchi” Elit OCHLni g‘alaba bilan boshladi

Sport

image

Bugun, 14 sentyabr kuni Elit Osiyo Chempionlar ligasi 2026-2027 yilgi mavsum start oldi. Kun doirasida O‘zbekistonning “Neftchi” klubi o‘z uchrashuvini o‘tkazdi.  

Amaldagi O‘zbekiston chempioni “Neftchi” o‘z maydonida Iroqning “Eyr Fors” jamoasini qabul qildi. Farg‘onada bo‘lib o‘tgan uchrashuv mezbonlar ustunligida o‘tdi. Biroq dastlabki bo‘limda hisrb ochilmadi. 

Ikkinchi bo‘limda ham hujumlarni davom ettirgan “Neftchi” 83-daqiqada o‘yindagi yagona golni urdi – Zoran Marushich boshi bilan aniq zarba yo‘llab, raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Shu tariqa jamoa Elit Osiyo Chempionlar ligasi joriy mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 

O‘yinda kiritilgan golni ushbu havola orqali tomosha qilish mumkin.

Ma’lumot uchun, amaldagi O‘zbekiston Kubogi sohibi “Paxtakor” ham bugun, 14 sentyabr kuni safarda maydonga tushadi. Toshkentliklar Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:15 da boshlanishi belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing