Andijonda voyaga yetmagan qizlar tengdoshini guruh bo‘lib kaltakladi (video)
3-sahifa
−
07 noyabr 11513 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida bir qiz guruh bo‘lib kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha joriy yilning 7 noyabr kuni Andijon shahrining Mustaqillik mahallasida joylashgan 6-sonli ko‘p qavatli uyning oldida ushbu mahallada yashovchi voyaga yetmagan E.M. o‘ziga tanish bo‘lgan Sho‘rbuloq mahallasida istiqomat qiluvchi voyaga yetmagan Yu.D. bilan o‘zaro kelishmovchilik sababli janjallashgan. Ushbu kelishmovchilikka Yu.D. bilan birga kelgan voyaga yetmagan dugonalari Sh.B, A.I, va I.M. ham aralashib, ular E.M.ga tan jarohati yetkazgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, voyaga yetmaganlar Yu.D, Sh.B, A.I, va I.M.ning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda tadbirkor ayol qo‘l ostida sotuvchi bo‘lib ishlovchi, 2005 yilda tug‘ilgan qizni kaltaklagani haqida xabar berilgandi. Ushbu ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr