Andijonda gazchi pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
13 iyul 2269 1 daqiqa
Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida gaz ta’minoti korxonasi xodimi fuqarodan 3 million so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Oltinko‘l tumani bo‘limi, “Hududgaz Andijon” komplayens xizmati hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Oltinko‘ltumangaz” gazchisi H.I. ushlangan.
Aniqlanishicha, u fuqaro F.P. ga xonadonida tabiiy gazdan qarzdorlik bo‘lmasa-da, gaz hisoblagichining nosozligi sabab, go‘yoki 8 million so‘m qarzdorlik yuzaga kelganini aytgan. Shuningdek, dalolatnoma rasmiylashtirmasdan ushbu qarzdorlikni yo‘q qilib berish evaziga 3 million so‘m talab qilgan.
Gaz ta’minoti korxonasi xodimi 3 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Urgut tumani prokurorining o‘rinbosari jami hisobda qariyb 24 000 AQSH dollari miqdoridagi pora bilan qo‘lga tushgan edi.
Live
Barchasi