Samarqandda prokuror qariyb $24000 pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Urgut tumani prokurorining o‘rinbosari jami hisobda qariyb 24 000 AQSH dollari miqdoridagi pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlar xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, DXXning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Bosh prokuraturaning SHXB va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida Urgut tumani prokurori o‘rinbosarining qilmishlari fosh etilgan.

Xususan, mazkur mansabdor shaxs Pastdarg‘om tumani prokuraturasida faoliyat yuritgan davrida xizmat mavqeidan foydalanib, mahalliy MCHJ tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilishi natijasida 2 mlrd 887 mln so‘m miqdorida davlatga yetkazilgan zararni 805,9 mln so‘mga kamaytirib berish evaziga vositachilar orqali 6,5 ming AQSH dollari va 35 mln so‘m pora olgan.

Bu bilan cheklanmay, prokuratura tomonidan MCHJ mansabdorlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida zarar miqdorini 150–200 mln so‘mgacha kamaytirishni va ularga sud idoralaridagi tanishlari orqali yengil jazo tayinlanishida yordam berishini aytib, MCHJ egasidan 15 ming AQSH dollari talab qilgan.

Prokurorning noqonuniy harakatlari bo‘yicha ashyoviy dalillar protsessual tartibda hujjatlashtirilgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri va Andijon viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida pora olgan kadastr bosh inspektori va yer maydonini noqonuniy sotgan fuqaro ushlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing