Andijonda erkak o‘ziga qarindosh ayol va uning onasini kaltakladi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq, QALAMPIR.UZ tahririyatiga Andijon shahridagi Ishchilar mahallasida ayol va uning onasi 33 yoshli qarindoshi (ammasining o‘g‘li) tomonidan kaltaklanib, shaxsiy avtomobili yaroqsiz holatga keltirilgani tasvirlangan video kelib tushgandi. Mazkur holatga  Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, videotasvirda aks etgan holat 2025 yilning 5 yanvar kuni Andijon shahridagi Ishchilar mahallasida sodir bo‘lgan. Ushbu mahallada istiqomat qiluvchi Q.M. (ayol) qarindoshi 1991 yilda tug‘ilgan R.A. (erkak) bilan o‘zaro gap tortishib qolgan. Shunda erkak ayolni turli so‘zlar bilan haqoratlagan va uning yuz qismiga oyog‘i bilan tepib yuborgan.

Shuningdek, erkak Q.M.ga tegishli bo‘lgan Spark rusumli avtomashinani turli qattiq jismlar bilan urib, uning oldi, orqa va yon oynalariga va oldi o‘ng tomondagi chiroqlariga texnik shikast yetkazgan va janjal vaqtida ayolning onasi T.M.ga ham tan-jarohati yetkazgan.  

Tekshiruvlar davomida fuqaro R.A.ning ruhiy kasal ekani aniqlanib, Andijon viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasiga davolatish maqsadida joylashtirilgan.

Fuqarolar Q.M. hamda T.M.larning olgan tan-jarohatlari bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida harakatlanayotgan avtobusda yo‘lovchilar o‘zaro tortishib, erkak qizning yuziga tuflab, uni haqorat qilgandi. Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan erkakga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon erkak kaltakladi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing