Andijonda 4 nafar egizak dunyoga keldi

Jamiyat

image

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialida 4 nafar egizak dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Andijon shahridagi “G‘ayrat” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Odinaxon Muhammadjonova shu yilning 2 iyunida ko‘p homilalik tashxisi bilan mazkur muassasaga qabul qilingan.

Oradan bir necha kun o‘tib, muddatidan ilgari tug‘uruq tashxisi bilan kesarcha kesish amaliyoti bajarilgan.

Tug‘uruq jarayoni filialning malakali akusher-ginekolog, neonatolog va reanimatologlari tomonidan muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.

Birinchi chaqaloq: o‘g‘il, vazni 2415 gr, bo‘yi 44 sm;
Ikkinchi chaqaloq: o‘g‘il, vazni 1730 gr, bo‘yi 37 sm;
Uchinchi chaqaloq: o‘g‘il, vazni 2405 gr, bo‘yi 44 sm;
To‘rtinchi chaqaloq: qiz, vazni 1885 gr, bo‘yi 39 sm.

Qo‘shimcha qilinishicha, ayni paytda ona va chaqaloqlar malakali tibbiyot xodimlari nazoratida o‘zlarini yaxshi his etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimining oilasida 4 nafar egizak farzand dunyoga kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon 4 nafar egizak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing