Andijonda 24 yoshli yigit o‘zini yoqib yubordi
3-sahifa
−
01 noyabr
16128Bugun, 1 noyabr kuni internet qimor o‘yinida pul yutqazib qo‘ygan shaxs o‘zini yoqib yuborganligi aytilgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.
Uning bizga ma’lum qilishicha, Andijon shahrida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan R.F.(erkak) kecha, 31 oktyabr kuni soat taxminan 22:40 atrofida o‘ziga benzin sepgan holda “Ilg‘or” MFY Janubiy Paxtakor-1 ko‘chasida joylashgan Paynet shoxobchasiga kirib, o‘zini yoqib, joniga suiqasd qilgan. U kuygan jarohatlari bilan RSHTYOIAM viloyat filialiga keltirilgan.
“R.F.ni o‘ziga benzin sepib, Paynet shoxobchasiga kirib, o‘zini yoqib, qaytib chiqib ketgani shoxobchadagi va uning tashqarisiga qo‘yilgan videokameralarda qayd qilingan”, deydi Hayot Shamsutdinov.
Hozirda fuqaro R.F.ga RSHTYOIAM viloyat filialida zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.
Tergovga qadar tekshiruv davomida R.F.ga olgan tan jarohatlari bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida 29 yoshli ayol o‘ziga benzin sepib, yoqib yuborgandi. Sentyabrda esa Qashqadaryo viloyatida 58 yoshli erkak turmush o‘rtog‘ini xiyonatda ayblab, kelinlari va voyaga yetmagan o‘g‘lining yonida ayolga benzin sepib, yoqib yubordi.
LiveBarchasi