Andijonda qimor öyini taşkil etgan şaxs uşlandi (video)
3-sahifa
−
10:16 533 2 daqiqa
Andijon şahridagi xonadonlardan birida noqonuniy qimor öyini taşkil etgan şaxs aniqlandi. Tezkor tadbir davomida öyindan 7 million 105 ming söm, AQŞ dollari va 500 Rossiya rubli, şuningdek, taşkilotçiga berilgan 420 ming söm çoypul sifatida rasmiylaştirib olindi. Bu haqda viloyat Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Andijon viloyati Içki işlar boşqarmasi Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan ötkazilgan tadbirda şaharda yaşovçi şaxs öz xonadonida bir guruh fuqarolarni töplab, ularga moddiy manfaat evaziga qimor va tavakkalçilikka asoslangan öyinlarda iştirok etiş uçun şaroit yaratib bergani foş etilgan. Tezkor tadbir davomida öyin davrasidan jami 7 million 105 ming söm, 30 AQŞ dollari va 500 Rossiya rubli, şuningdek, taşkilotçiga berilgan 420 ming söm olingan.
Holat yuzasidan şahar Içki işlar boşqarmasi huzuridagi Tergov bölimi tomonidan mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (Qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş hamda ötkaziş) birinçi qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Şuningdek, Jalaquduq tumanida giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarşi ötkazilgan tezkor tadbirda 1977 yilda tuğilgan fuqaroning xonadonidan 63 grammdan ortiq gaşiş va qariyb 1 gramm marixuana aniqlangan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) oltinçi qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida yaşaş xonadonida noqonuniy qimor öyinlarini taşkil etgan erkak qölga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi“Demokrat.uz” rahbari qamaldi
12 Noyabr