Andijonda 2 “zamhokim” pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Bo‘ston tumani hokimining investitsiya hamda qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari pora olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, o‘rinbosarlar o‘zaro til biriktirib, xizmat mavqeidan foydalangan holda, tumandagi fermer xo‘jalikning 500 ming dollarlik eksport rejasini soxta eksport operatsiyalari orqali yopib berish evaziga 65 mln so‘m miqdorida pora talab qilgan.

Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari joriy yilning avgust oyida so‘ralgan pulning 25 mln so‘mini “avans” sifatida oladi. Qolgan qismini esa, ya’ni 40 mln so‘mni tuman hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari orqali olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani davlat soliq inspeksiyasining soliq inspektori pora bilan qo‘lga tushgandi. U xizmat mavqeidan foydalangan holda 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan o‘zaro til biriktirib, mahalliy tadbirkorga tegishli bo‘lgan MCHJning 19 mln 400 ming so‘mlik soliq qarzdorligini so‘ndirib berish evaziga 8 mln so‘m talab qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

pora Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing