YPX xodimini haqorat qilib, Instagram’ga video joylagan fuqaro qamaldi (video)

3-sahifa

−

image

Andijon viloyatining Böston tumanida yöl-patrul xizmati inspektorini haqorat qilgan fuqaro 8 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.

 

Qayd etilişiça, “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli profilaktik oyligi doirasida YPX inspektori Damas rusumli avtomobilni hujjatlarini tekşiriş uçun töxtatgan. Tekşiruvda haydovçida öziga tegişli bölmagan transport vositasini boşqariş uçun zarur hujjatlar mavjud emasligi aniqlangan.

Şundan söng, haydovçiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, avtomobil jarima maydoniga joylaştirilgan. Şu vaqtda maşinada yölovçi sifatida ketayotgan fuqaro telefoniga videoga olib, YPX xodimini haqorat qilgan. Keyinçalik uşbu videoni Instagram sahifasiga joylagan.

Bildirilişiça, holat yuzasidan töplangan hujjatlar Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 195-2-moddasi (Huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining foto- va (yoki) videotasvirini ularning obrösizlantirilişiga olib keladigan tarzda buzib tarqatiş) bilan sudga yuborilgan. Böston tumani jinoyat işlari böyiça sudining qarori bilan fuqaroga 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyati Iştixon tumanida ijaraga olingan Malibu-2 avtomobilida harakatlangan texnikum öquvçilari yöl-patrul xizmati xodimining töxtaş talabiga böysunmay, uni haqorat qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing