Farğonada tergovçi pora olganlikda gumonlanib uşlandi
3-sahifa
−
18:53 1616 1 daqiqa
Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Farğona şahar bölimi tergovçisi pora olganlikda gumon qilinib uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, korrupsiyaga qarşi kuraşiş yönalişida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Boş prokuraturaning Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbir davomida Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Farğona şahar bölimi tergovçisi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan qözatilgan jinoyat işi doirasida olib borilayotgan tergov harakatlarini ayblanuvçi foydasiga hal qiliş, yetkazilgan zarar miqdorini kamaytiriş va unga nisbatan e’lon qilingan qidiruvni bekor qilib beriş evaziga pora olganlikda gumon qilinib uşlangan.
Bildirilişiça, holat yuzasidan mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatida tadbirkorga tegişli yer maydonini olib qöyiş bilan tahdid qilgan hokim örinbosari 65 mln söm pora bilan uşlangan edi.
Live
Barchasi