Amerika vasvasasi: fuqaroni Meksika orqali AQSHga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkentda AQSHga ishga jo‘natishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Keltirilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanida “L.” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari M.U. va boshqalar fuqaro Z.S.ni tanishlari yordamida rasmiy viza hujjatlarisiz Turkiya va Meksika orqali AQSHga ishga jo‘natishni va’da qilgan. Ular evaziga 25 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida soxta Green Card hujjatlarini tayyorlab, 103 kishining 2 milliard 597 million so‘mini firibgarlik bilan qo‘lga kiritgan shaxslar aniqlangandi. Ularga nisbatan 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent firibgarlar Amerika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing