Amerika nefti “suv tekin” bo‘lib ketdi

Olam

image
O‘zbekistonda avtotransport yonilg‘isi narxi yana arzonlashtirildi north_east

O‘zbekistonda avtotransport yonilg‘isi narxi yana arzonlashtirildi

Amerika neftining narxi talabning keskin pasayishi ortidan 1999 yildagi darajasiga tushib ketdi. Neft saqlash uchun mo‘ljallangan omborlar ham to‘lib boryapti. Bu haqda BBC xabar berdi.

Osiyo birjalarida West Texas Intermediate (WTI) markali neftning bir barreli narxi 14 foizga tushib 15,65 dollarga teng bo‘lib qoldi.

Neft bozori koronavirus pandemiyasi vaqtida talabning keskin pasayishi ortidan kuchli bosim ostida qoldi. Amerika omborxonalari ortiqcha neftdan xalos bo‘lishga urinyapti, natijada “qora oltin” narxi yanada tushib ketyapti.

Avvalroq OPEC a’zolari va uning ittifoqchilari neft qazib chiqarishni 10 foizga qisqartirish to‘g‘risidagi kelishuvga erishgani xabar berilgandi. Ammo bu qisqartirish mavjud vaziyatni yaxshilash uchun kifoya qilmadi. Vaholanki, qazib chiqarishni qisqartirish rekord darajada belgilangandi.

“OPEC+ kelishuvlarining hozirgi shakli neft bozoridagi tenglikni tiklash uchun yetarli bo‘masligini anglashga ko‘p vaqt ketmadi”, deydi Axyorp`ning xalqaro bozor bo‘yicha bosh strategi Stiven Innes.

Yevropada foydalaniladigan Brent markali neft 0,8 foizga arzonlab barreliga 27,87 dollardan baholandi


Maqola muallifi

Teglar

neft' OPEC

Baholaganlar

263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing