OPEK+ davlatlari neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha yangi kelishuvga erishdi
Olam
−
11 aprel 2020 6811 1 daqiqa
OPEK+ davlatlari neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha yangi kelishuvga erishdi. Avvalgi shartnoma joriy yilning 9 mart kuni to‘xtatilgan edi. Buning natijasida neft narxi keskin tushib ketdi.
Kelishuvda 23 davlat ishtirok etdi. Barcha davlatga neft qazib olish bo‘yicha alohida-alohida limit belgilandi. Shartnoma 2022 yil 1 maygacha, ikki yil davomida amal qilishi ma’lum qilindi.
Shartnomaga ko‘ra, dastlabki ikki oyda neft qazib olish kuniga o‘n million barrelga teng bo‘lishi belgilandi. Yilning ikkinchi yarmidan qora oltin qazib olish sakkiz million barrelga, 2021 yildan boshlab olti million barrelga kamaytirish kelishib olindi.
Ta’kidlanishicha, OPEK + bozorni kuzatib boradi va kerak bo‘lganda qo‘shimcha choralar ko‘radi. Shu qatorda bozorda neft miqdorining ko‘payishini oldini oladi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust