Amerika kompaniyasi “Manchester Yunayted”ni sotib olishi mumkin

Sport

image

Amerika sarmoya fondi Gleyzerlar oilasidan Angliyaning “Manchester Yunayted” klubini sotib olishi mumkin. Bu haqda “Stretty News” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, shtab kvartirasi Nyu-Yorkda joylashgan kompaniya ingliz klubini sotib olishga qiziqmoqda.

Ta’kidlash joizki, jamg‘arma nomi hozircha oshkor etilmadi, biroq kompaniya klubni sotib olish bo‘yicha rasmiy taklif variantini muhokama qilgani aytilmoqda. Amerika sarmoya fondining manbasi “Yunayted” bilan bog‘liq vaziyatni juda real va e’tiborga loyiq deya ta’riflagan.

Avvalroq, Manchester klubining sobiq direktori Maykl Nayton jamoani sotib olish taklifi bilan chiqmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, Gleyzerlar 2005 yildan beri “Manchester Yunayted”ga egalik qiladi. Ular rahbarligida “qizil iblislar” 2008 yilda Yevropa Chempionlar ligasida zafar quchgan. Shuningdek, Gleyzerlar boshchiligidagi “Yunayted” bir necha bor Angliya Premer ligasida g‘olib bo‘lgan. Biroq oxirgi yillar Manchester klubi uchun o‘ta omadsiz kechmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Gleyzerlar “Manchester Yunayted

Baholaganlar

18

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made