Rasman: Varan Fransiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Sport

image

“Manchester Yunayted” himoyachisi Rafael Varan Fransiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda “La Parisen” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi yaqinda o‘z qarorining ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘rib chiqdi va terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi ko‘proq vaqtini oilasi bilan o‘tkazmoqchi.

Fransiya terma jamoasi tarkibida Varan 2018 yilda Jahon chempioniga aylandi. 2022 yilgi Jahon chempionatida u jamoasiga kumush medalni qo‘lga kiritishiga yordam berdi. Himoyachi Fransiya bilan 2021 yilgi Millatlar ligasida ham g‘olib chiqdi. U asosiy terma jamoadagi debyutini 2013 yilning mart oyida o‘tkazgan.

Varan joriy mavsumda “Manchester Yunayted” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, hali gol ura olmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Varan “Manchester Yunayted

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing