Ronaldu shunchaki eng zo‘ri – Sulsher “Tottenxem” bilan o‘yin haqida

Sport

image

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher Angliya Premer ligasining 10-turidan o‘rin olgan “Tottenxem”ga (3:0) qarshi o‘yindagi g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

“Men bu yerda uch yil murabbiy sifatida ishladim. Edinson Kavanining mashg‘ulotlardagi ko‘rsatkichi xuddi yosh futbolchilarnikidek. U va Ronaldu bir-birini hurmat qiladi. Rafael Varan esa ajoyib futbolchi. Vaziyatni yaxshi o‘qiy oladi. U juda tezkor va tajribali. Biz kecha ajoyib vaziyatlar yaratdik. Biz uchun asosiysi birinchi gol bo‘ldi. Bruno Fernandesh qanday “pas” berganini ko‘rdingiz. Krishtianu Ronaldu bir vaziyatda gol urolmasa, diqqatini darhol keyingisiga qaratadi. U shunchaki eng zo‘ri. Agar Krish to‘p uzatilayotgan vaqtda to‘g‘ri joyda bo‘lmasa, demak, u Ronaldu emas.

Bugungi o‘yin mehnatkashlik, tartib-intizom va to‘pni darvozamizdan uzoqlashtirishga asoslangan edi. Birinchi gol o‘yin taqdirini va ssenariysini belgilab beradi”, deydi Sulsher.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 oktyabr kuni “Manchester Yunayted” safarda “Tottenxem” ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Ma’lumot uchun, ushbu uchrashuvda gol va golli uzatmani amlaga oshirgan Ronaldu faoliyatida 11-marta “shporlar” darvozasini ishg‘ol qildi. 36 yoshli portugaliyalik futbolchi hech bir ingliz klubiga bu qadar ko‘p gol urmagan. Bundan tashqari, u ketma-ket 6 o‘yindan beri “Tottenxem”ga gol urib kelmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Sul'sher APL Manchester Siti Ronaldu Tottenxem Kavani Varan

Baholaganlar

205

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing