Varan ikkita muhim uchrashuvni o‘tkazib yuboradi

Sport

image

“Manchester Yunayted” himoyachisi Rafael Varan Angliya premer ligasi doirasida “Arsenal” va “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda mankunianliklar matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fransiyalik futbolchi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan “Atalanta”ga qarshi o‘yinda (2:2) olgan jarohatidan allaqachon tuzalgan. Biroq, “Qizil iblislar” murabbiylar shtabi futbolchining jarohati qaytalanishi mumkinligidan xavotirda.

MYU ustozi Maykl Kerrik Varanni majburan qaytarishni istamayapti. Murabbiy qo‘shimcha dam olgan himoyachi APLning navbatdagi o‘yinlariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishiga umid qilmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Rafael Varan barcha turnirlarda 9 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golga assistentlik qilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

APL Arsenal MYu Kristal Pelas Varan Maykl Kerrik

Baholaganlar

12

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing