Ronaldu sabab MYUning moliyaviy harajatlari ko‘paydi

Sport

image

“Manchester Yunayted” klubi futbolchilar maoshi uchun sarflaydigan harajatlar miqdorini ma’lum qildi. 

“Sky Sports” ma’lumotlariga ko‘ra, “Qizil iblislar” moliya bo‘limi futbolchilar maoshi uchun 354 million funt (deyarli 422 million dollar) mablag‘ ajratadi va bu miqdor o‘tgan yilgisiga nisbatan yuqori ekanini anglatadi. Ya’ni Krishtianu Ronaldu, Jeydon Sancho va Rafael Varanning ish haqi sabab 23,1 foizga ko‘tarilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Angliya Premer ligasining eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi. Portugaliyalik forvard yiliga 26 million funt ishlab oladi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted”ning fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba Krishtianu Ronaldudan ko‘ra ko‘proq haq olsagina, klub bilan shartnomasini yangilashini aytib o‘tgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Pogba Man Yunayted Varan Sancho

Baholaganlar

524

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing