Ronaldu JCH bilan xayrlashdi. Ispaniya 1/4 finalga chiqdi

Sport

image

Bugun, 7 iyul kuni Ispaniya milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati 1/8 final bosqichida Portugaliyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Natijada ispanlar chorak finalga yo‘l oldi.

Texas shtatining Arlington shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yagona golga uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan, 90+1 daqiqada Mikel Merino mualliflik qildi. Shu tariqa, Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi mundialdagi yurishini nimchorak finalda yakunladi.

Endilikda Ispaniya terma jamoasi chorak finalda AQSH hamda Belgiya o‘rtasidagi bahs g‘olibi bilan kuch sinashadi. 

Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Unai Simon Jahon chempionatlari tarixida gol o‘tkazib yubormaslik bo‘yicha o‘zining rekord seriyasini 609 daqiqaga yetkazdi. Uning seriyasi 2022 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvidan buyon davom etmoqda. Shuningdek, Ispaniya joriy mundialda haligacha o‘z darvozasidan gol o‘tkazmagan yagona jamoa bo‘lib qolmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing