“Neftchi” ham Ronalduning jamoasi bilan o‘ynaydi
Sport
−
14:04 2125 2 daqiqa
Bugun, 18 avgust kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Elite Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasiga qur’a tashlanadi. Unda Farg‘onaning “Neftchi” klubi Elit Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining 2026-2027 yilgi mavsumidagi raqiblarini aniqladi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, Farg‘onaliklar ham Ronaldu yetakchiligidagi “Al Nasr” bilan safarda to‘qnash keladi. “Neftchi”ning G‘arb mintaqasidagi quyidagi jamoalar bilan bahs olib boradi.
“Neftchi”ning “Istiqlol” stadionida qabul qiladigan raqiblari:
- “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni)
- “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni)
- “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni)
- “Eyr Fors” (Iroq)
“Neftchi”ning safardagi raqiblari:
- “Istiqlol” (Eron)
- “Al-Nasr” (Saudiya Arabistoni)
- “Al-Qodisiya” (Saudiya Arabistoni)
- “Traktor” (Eron)
Shu tariqa, Farg‘ona klubini ham Elit OCHLning liga bosqichida “Al-Nasr” bilan to‘qnash keladi. Faqat “Paxtakor”dan farqli ravishda “Neftchi” Ronaldu jamoasi bilan safarda o‘ynaydi.
“Neftchi” Farg‘onada OCHLning amaldagi g‘olibi “Al-Ahli” hamda “Al-Hilol” va “Al-Ittihod” kabi Saudiya Arabistoni grandlarini qabul qiladi.
Safarda esa “Neftchi” Krishtianu Ronaldu to‘p tepadigan “An-Nasr” hamda Eronning “Istiqlol” va “Traktor” klublariga qarshi maydonga tushadi.
2026-2027 yilgi Elit OCHLning liga bosqichida jami 32 ta jamoa ishtirok etadi. Ularning 16 tasi G‘arb, 16 tasi Sharq mintaqasiga bo‘lingan. Har bir klub liga bosqichida sakkizta uchrashuv o‘tkazadi – to‘rttasi uyda va to‘rttasi safarda.
Live
Barchasi