MYUning sobiq direktori klubni sotib olishga tayyorlanmoqda

Sport

image

Britaniyalik tadbirkor Maykl Nayton "Manchester Yunayted" futbol klubini Gleyzerlar oilasidan sotib olish uchun taklif tayyorlayapti, deya xabar berdi “Manchester Evening news”

Xabarga ko‘ra, tadbirkor 1989 yilda "Manchester Yunayted"ni 20 million funt sterling evaziga sotib olishga urinib ko‘rgan va taklif muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Shundan so‘ng, Nayton “Manchester Yunayted” bosh direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

"Klub inqirozga yuz tutdi va barchamiz sababini bilamiz. Klubning futbolni “zo‘r” tushunadigan va aqlbovar qilmas foydasiz egalari bor. Klubga yangi ega kerakligini hamma biladi. Men buni amalga oshirmoqchiman. Shuningdek, jamoani yaxshi moliyaviy ustun bilan ta’minlayman. Men jamoaning hozirgi egalariga qonuniy va tijoriy jihatdan ideal taklif tayyorlayapman, chunki ularning vaqti tugadi", deydi Nayton  “Man Utd The Religion”ga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, "Manchester Yunayted" klubining 98 foiz aksiyalari AQSHning Gleyzerlar oilasiga tegishli. 

Qayd etish kerakki, "qizil iblislar" muxlislari doimiy ravishda klub egalarining siyosatidan norozilik bildirishgan.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” Premer liganing yangi mavsumini “Braytor”ga qarshi uchrashuvda mag‘lubiyat bilan boshladi.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

269

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing