MYU qatarliklar qo‘liga o‘tmoqda
Sport
−
24 avgust 2023
7003Qatar shayxi Jassim Bin Hamad al-Taniy Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi egaligi uchun kurashda g‘alaba qozondi va u oktyabr oyi o‘rtalariga qadar klubni 6 milliard funt sterling evaziga sotib oladi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.
Gleyzerlar oilasi tomonidan 18 yillik boshqaruvdan so‘ng “Manchester Yunayted” sotilgani keyingi oyda rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Gleyzerlar klubdagi ulushini saqlab qolish va “Manchester Yunayted” aksiyalariga egalik qilishda davom etishni xohladi. Aksiyalarning bir qismi ularda qolish-qolmasligiga tez orada oydinlik kirtiladi, biroq Gleyzerlar klubda ma’lum bir ulushga ega bo‘lishi “qizil iblislar” muxlislarining e’tirozlariga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Ushbu oila a’zolari 2005 yilda “Man Yunayted”ni 800 million funtga sotib olgan edi. “Manchester Yunayted” muxlislari azaldan xo‘jayinlarni yoqtirmagan. Chunki ularni klubning qarzga botishida aybdor sanashadi.