Poçettino Vinisiusni “Mançester Yunayted”ga olib kelmoqçi – OAV

Sport

−

image

“Mançester Yunayted”ning yangi boş murabbiyi Maurisio Poçettino “Real” hujumçisi Vinisius Juniorni jamoaga jalb etişga qiziqiş bildirmoqda. Bu haqda “Fichajes” naşri xabar berdi.

Manbaga köra, argentinalik murabbiy 26 yoşli braziliyalik futbolçini yangilanayotgan jamoaning yetakçilaridan biriga aylantiriş va uning atrofida raqobatbardoş hujum çiziğini şakllantirişni rejalaştirmoqda.

“Mançester Yunayted” Vinisiusning “Real Madrid”dagi holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Joriy mavsumda futbolçi asosiy tarkibda muntazam maydonga tuşmayotgani Angliya klubining ehtimoliy transferga bölgan qiziqişini oşirgan.

Londonning “Arsenal” klubi ham braziliyalik futbolçiga qiziqiş bildirmoqda. Agar Madrid klubi hujumçi böyiça takliflarni körib çiqişga rozi bölsa, “Mançester Yunayted” uni sotib oliş uçun amaliy harakatlarni boşlaşi mumkin. Biroq hozirça klublar örtasida rasmiy muzokaralar boşlangani haqida ma’lumot yöq.

Vinisiusning uzoq muddatli şartnomasi ehtimoliy transferga jiddiy tösiq bölib turibdi. Joriy yilning avgust oyida “Real Madrid” futbolçi bilan şartnomani 2032 yil 30 iyuniga qadar uzaytirgan. Şu sababli uning transferi amalga oşişi uçun Madrid klubi bilan kelişuvga erişiş talab etiladi.

Eslatib ötamiz, keça, 13 noyabr kuni Poçettino “Mançester Yunayted” boş murabbiyi etib tayinlangan va joriy yilning 18 noyabrdan rasman iş boşlaşi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing