“Real” muxlislarining 86 foizi Vinisiusning ketishi tarafdori – so‘rovnoma
Sport
−
10:10 719 1 daqiqa
Ispaniyaning “Marca” nashri tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, “Real Madrid” muxlislarining 86 foizi jamoa hujumchisi Vinisius Juniorni sotish eng to‘g‘ri qaror bo‘ladi, deb hisoblamoqda. Muxlislar fikricha, braziliyalik futbolchining klubdagi mavqei deyarli tiklab bo‘lmas darajada xavf ostida qolgan.
25 yoshli futbolchi atrofidagi navbatdagi mojaro Ispaniya La Ligasining 17-turida bo‘lib o‘tgan “Real Madrid” va “Sevilya” (2:0) uchrashuvi davomida avj oldi. Uchrashuv yakunida Vinisius almashtirilganidan so‘ng tribunalardan hushtak ovozlari yangradi. Bunga javoban braziliyalik hujumchi ijtimoiy tarmoqlardagi profilidagi rasmini Braziliya terma jamoasi libosidagi suratiga almashtirdi va bu holat muxlislar bilan munosabatlarni yanada keskinlashtirdi.
Vinisius Junior joriy mavsumda “Real Madrid” safida barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vinisius Junior bosh murabbiy Xabi Alonso bilan munosabatlarining tarangligidan kelib chiqib, shartnomani uzaytirmaslik niyatida ekanini ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi