Rasman! Mourino “Real” bosh murabbiyi bo‘ldi

Sport

image

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino “Real Madrid” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Mourinoning shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

Bugun, 11 iyun kuni Florentino Peres raisligida o‘tgan “Real Madrid” direktorlar kengashi yig‘ilishida Joze Mourinoni keyingi uch mavsum uchun — 2029 yil 30 iyungacha asosiy jamoa bosh murabbiyi etib tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Bayonotda ta’kidlanishicha, Mourino joriy yilning 13 iyul kuni, jamoaning mavsumoldi yig‘ini boshlanadigan sanada “Real Madrid” safiga qo‘shiladi.

Ma’lumot uchun, portugaliyalik mutaxassis 2010–2013 yillarda ham madridliklar jamoasini boshqargan. Uning rahbarligi ostida “Real Madrid” Ispaniya chempionligi va Ispaniya Kubogi sohibi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mourin'o Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing