Arbeloa “Real”dan ketishini e’lon qildi

Sport

image

Ispaniyalik murabbiy Alvaro Arbeloa kelasi haftada “Real Madrid” bosh murabbiyi lavozimini tark etishini e’lon qildi. Bu haqda Arbeloa “Atletik Bilbao” qarshi uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanda aytib o‘tdi.

“Men “Real”ni katta minnatdorlik bilan tark etaman, chunki futbolchilar meni yaxshiroq inson qildi va har bir kundan zavqlanishimga yordam berishdi.

Men klubning yangi murabbiylar shtabida qolmayman. Joze Mourinoning o‘zining ajoyib murabbiylar shtabi bor, ular yaxshi mutaxassislar bilan o‘ralgan. Agar u kelsa, buni o‘z odamlari bilan qiladi va bu to‘g‘ri qaror. Shuning uchun u bilan qolishimga hech qanday imkoniyat yo‘q”, dedi Arbeloa.

Eslatib o‘tamiz, Alvaro Arbeloa 2026 yil yanvar oyidan beri Xabi Alonso ketganidan so‘ng, “Real Madrid” bosh murabbiyi vazifasini bajarib kelmoqda.

Madridliklar Alvaro Arbeloa 27 ta o‘yin o‘tkazib, shularning 18 tasida g‘alaba 7 ta mag‘lubiyat va 2 bor durang natija qayd etdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Arbeloa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing