“Barselona” “Real”ni mag‘lub etib, Ispaniya chempioni bo‘ldi
Sport
−
08:19 2122 1 daqiqa
Kecha, 10 may kuni Ispaniya chempionatining 35-turida “Barselona” “Real Madrid”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi va muddatidan avval La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi.
Kataloniya poytaxtida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda gollarga Markus Reshford (9-daqiqa) va Ferran Torres (18-daqiqa) mualliflik qildi. Braziliya terma jamoasi safida o‘ynayotgan paytida son mushaklaridan jarohat olgan Rafinya mart oyi oxiridan beri maydonga tushmayotgan edi va u 64-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Uchrashuv “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning otasi vafoti sabab bir daqiqalik sukut bilan boshlandi. Ushbu voqeaga qaramay, nemis murabbiyi jamoani zaxira o‘rindig‘idan boshqarib bordi.
Bu g‘alabadan so‘ng “Barselona” o‘z ochkolarini 91 taga yetkazdi va chempionat tugashiga uch tur qolganida muddatidan avval chempionlikni nishonladi.
Shu tariqa, “Barselona” o‘z tarixida 29-marta Ispaniya chempioniga aylandi. Jamoa Xans-Diter Flik qo‘l ostida ketma-ket ikkinchi bor La Liga g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Live
Barchasi