Vinisius Yamalni qo‘llab-quvvatladi
Sport
−
14:48 871 1 daqiqa
“Real Madrid” hujumchisi Vinisius Junior “Barselona” vingeri Lamin Yamalni irqchilikka qarshi kurashda qo‘llab-quvvatladi. Jurnalist va insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida “Real” hujumchisining so‘zlarini keltirib o‘tdi.
“Umid qilamanki, Lamin irqchilikka qarshi kurashni davom ettiradi. Bizda pul bor, lekin kambag‘al qora tanli odamlar qiyinchilik bilan yashamoqda.
Men Ispaniya, Germaniya yoki Portugaliyani irqchi mamlakatlar demoqchi emasman, lekin har bir mamlakatda irqchilar bor va agar biz birgalikda kurashsak, umid qilamanki, boshqa o‘yinchilar va odamlar bu narsalardan aziyat chekmaydi”, deydi braziliyalik futbolchi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 4 aprel kuni La Liga 30-turidan o‘rin olgan “Atletiko Madrid” – “Barselona” uchrashuvida madridlik muxlislar Yamalga qarata irqiy kamsituvchi so‘zlar aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Benfika” futbolchisi Janluka Prestianni Vinisius Juniorni irqiy kamsitgani xabar qilingan edi.
Ramazon Usanov
Live
Barchasi