Gleyzerlar oilasi Sulsherga ishonadi. MYU murabbiyini almashtirmaydigan bo‘ldi
Sport
−
17 oktabr 2021 4296 1 daqiqa
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher yomon natijalarga qaramay, jamoani boshqarishda davom etadi. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.
Norvegiyalik mutaxassis hali ham jamoa egalari hisoblangan Gleyzerlar oilasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda va ishdan bo‘shatish haqida gap-so‘zlar yo‘q. Mankunianliklar oxirgi 5 o‘yinda bor yo‘g‘i bitta g‘alabani qo‘lga kiritdi va APL turnir jadvalida 14 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha,16 oktyabr kuni Angliya Premer ligasining 8-turi doirasida “Lester” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va safardagi 29 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” keyingi o‘yinlarda “Atalanta”, “Liverpul”, “Tottenxem” va “Manchester Siti” bilan bahs olib boradi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust