“Liverpul” APL tarixida noodatiy antirekord qayd etdi
Sport
−
04 mart 601 1 daqiqa
Kecha, 3 mart kuni Angliya Premer-liganing 29-turi uchrashuvi doirasida “Liverpul” “Vulverxempton”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va shu tariqa APL tarixida bir mavsum davomida 5-bor qo‘shimcha daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol sabab yutqazgan ilk jamoaga aylandi. Bu haqda “Opta Sports” portali xabar berdi.
O‘yin taqdirini hal qiluvchi gol qo‘shimcha vaqtning to‘rtinchi daqiqasida kiritildi. “Bo‘rilar” safida Andre Trindade g‘alaba goliga mualliflik qildi.
“Opta Sports” ma’lumotiga ko‘ra, “Liverpul” joriy mavsumda Premer-ligada beshinchi bor 90-daqiqadan keyin o‘tkazib yuborilgan gol sabab mag‘lub bo‘ldi. Liga tarixida avval hech bir jamoa bir mavsum davomida bu qadar ko‘p marta oxirgi daqiqalardagi gol tufayli yutqazmagan.
Avvalroq, “qizillar” 25-turda “Manchester Siti”ga (1:2), 23-turda “Bornmut”ga (2:3), 7-turda “Chelsi”ga (1:2) va 6-turda “Kristal Pelas”ga (1:2) 90-daqiqadan keyingi gollar sabab yutqazgandi.
Mazkur natijadan so‘ng “Liverpul” 48 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. “Vulverxempton” esa 16 ochko bilan 20-o‘rinda, so‘nggi pog‘onada qolmoqda.