“Amerika butun dunyo hurmatini yo‘qotdi”. Baydenga impichment e’lon qilish taklif etildi 

Olam

image

AQSH Kongressining Vakillar palatasi a’zosi Marjori Teylor Grin parlamentga Prezident Jo Baydenga uchta impichment e’lon qilishni taklif qildi.  

Ta’kidlanishicha, respublikachi Grin 10 ming amerikalikni “Tolibon” harakati hukmronligi ostida qoldirgani uchun Baydenni hokimiyatdan chetlatish to‘g‘risida Kongressga rezolyutsiya loyihalarini taqdim etgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Prezident AQSHning janubiy chegarasida inqirozga yo‘l qo‘yib, immigratsion qonunlarni buzgan va ijarachilarni ko‘chirish bo‘yicha moratoriyni uzaytirgan holda, Oliy sudning pozitsiyasiga zid ravishda, o‘ziga qonun chiqarish vakolatini olgan. 

“Jo Bayden Prezident bo‘lgan qisqa yetti oy ichida Amerika butun dunyo hurmatini yo‘qotdi. Dalillar aniq, uning harakatlari esa shunchalik shafqatsizki, unga darhol impichment e’lon qilinishi kerak”, deyilgan Grinning bayonotida. 

Qayd etilishicha, uning tashabbusining Kongressda muvaffaqiyat qozonishi ehtimoli kam, chunki quyi palata Baydenning demokrat sheriklari tomonidan nazorat qilinadi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Grin jamoatchilikni bir necha bor hayratda qoldirgan: har xil fitna nazariyalarini ilgari surgan, koronavirus xavfini shubha ostiga olgan va epidemiyaning oldini olish uchun belgilangan choralarga qarshi chiqqan, buning uchun Twitter uni bir necha bor bloklagan. 

Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden Afg‘oniston fuqarolari to‘liq evakuatsiya qilinmaguncha Amerika harbiylari mamlakatda qolishini aytib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

impichment Bayden

Baholaganlar

923

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing