Allamjonov va’dasining ustidan chiqdi
Jamiyat
−
14 noyabr 2019
9809Xabaringiz bor, joriy yilning 6 noyabr kuni xorazmlik 48 yashar jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov “Urganch-Xiva” yo‘lining 5-kilometrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgan edi.
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlatnazar Ro‘zmetovning vafotiga oid voqealar xronologiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistning ukasi Furqat Ro‘zmetov ham ishtirok etib, marhumning ortidan turmush o‘rtog‘i va uch farzandi qolgani, ular ijtimoiy himoyaga muhtoj ekanini aytgan edi. Shu kunning o‘zida agentlik direktori Komiljon Allamjonov marhum Davlatnazar Ro‘zmetovning oilasiga yordam ko‘rsatishga va’da berib, bu ish bilan shug‘ullanishni direktorning birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjonov zimmasiga yuklagan edi.
Bugun, 14 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi jamoasi Allamjonovning topshirig‘i bilan Xorazm viloyatiga borib, Davlatnazar Ro‘zmetovning xonadonida bo‘lib qaytdi.
“Jurnalistning oila a’zolari, farzandlariga Agentlik tomonidan taqdim etilgan o‘quv qurollari, darsliklar, badiiy adabiyotlar hamda moliyaviy mablag‘ni topshirdik.
Davlatnazar Ro‘zmetov o‘z so‘ziga ega, jonkuyar jurnalist edi. Uning farzandlari ham xuddi otasidek el koriga yaraydigan insonlar bo‘lib yetishishini tiladik”, deyiladi agentlik tarqatgan xabarda.
LiveBarchasi