Allamjonov blogerlar va jurnalistlarni uchrashuvga chaqirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komiljon Allamjonov bugun, 14 avgust kuni soat 21:00 da jurnalist va blogerlar bilan uchrashadi. Bu haqda uning o‘zi Twitter`dagi sahifasi orqali xabar berdi. 

“Barcha jurnalist va blogerlarni bugun soat 21:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga taklif qilaman. 

Siz bilan 13 avgust kuni e’lon qilingan bayonot bo‘yicha suhbatlashamiz va turli munozaralarga sabab bo‘lgan savollarga oydinlik kiritamiz”, deb yozadi Allamjonov. 

Eslatib o‘tamiz, Komiljon Allamjonovning ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilingan videomurojaatida bundan buyon har bir OAV, blogerlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlardagi guruhlar moderatorlari nafaqat o‘zlari yozgan ma’lumotlarda, balki ular ostidagi fuqarolar, feyk akkauntlar yoki trollar tomonidan yozilayotgan davlat axborot xavfsizligiga tahdid soluvchi buzg‘unchi sharhlar, haqoratli so‘zlar, tahqirlashlar, yolg‘on izohlar uchun ham qonunda belgilangan tartib asosida javobgar bo‘lishlarini eslatib o‘tdi. OAV va blogerlardan qonunchilikdan kelib chiqqan holda bunday ma’lumotlarni o‘tkazmaslik yoki sahifa ostida yozilgan izoh bo‘lsa, uni zudlik bilan o‘chirib tashlash amaliyotini yo‘lga qo‘yishni so‘ragan.

Allamjonovning ushbu bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda, blogerlar orasida va OAVda ko‘plab bahs-munozaralarni keltirib chiqarmoqda. Bunga zudlik bilan blogerlar aks sado berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Komiljon Allamjonov

Baholaganlar

64

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing