Aliyev Qorabog‘dagi shahar zabt etilganini aytdi. Armaniston buni inkor qildi

Olam

image

Ozarbayjon armiyasi Tog‘li Qorabog‘dagi Jabroil shahri va bir nechta qishloqni nazoratiga oldi, deb xabar berdi Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

“Bugun Ozarbayjon armiyasi Jabroil shahri va tumandagi qator qishloqlarni ozod qildi. Tog‘li Qorabog‘ ”, degan Aliyev Twitter sahifasida.

Ammo Armaniston Mudofaa vazirligi Jabroil shahri ustidan nazorat boy berilganini rad qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

"Bu bayonot dezinformatsiya bo‘lib, haqiqatga mos kelmaydi", degan Armaniston Mudofaa vazirligi vakili Arsrun Ovannisyan.

Avvalroq, Tog‘li Qorabog‘dagi o‘nga yaqin qishloq Ozarbayjon nazoratiga o‘tgani xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari joriy yilning 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Unda mingga yaqin harbiylar va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston Qorabog' to'qnashuvi

Baholaganlar

236

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing