Aliyev Armanistondan qaytarib olingan Ag‘damda ilk turar-joy binosi poydevorini qo‘ydi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ag‘dam shahrida quriladigan birinchi turar-joy binosiga poydevor qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bergan.  

Armaniston Qurolli Kuchlari bo‘linmalari 1993 yil 23 iyulda Ag‘dam viloyatining bir qismini egallagandi. O‘nlab yillar davomida Ag‘dam viloyatining 77,4 foizini tashkil qiluvchi 846,7 kv. km hududi Armanistonga tegishli bo‘lib kelgandi. 

Ozarbayjon o‘tgan yilgi harbiy to‘qnashuvlar vaqtida Ag‘dam viloyatining bir qismini armanlardan ozod qildi.

O‘tgan yilning 10 noyabr kuni esa Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan uch tomonlama kelishuvga muvofiq, Armaniston Qurolli Kuchlari tomonidan bosib olingan Ag‘dam viloyatining qolgan qismi ham Ozarbayjon Respublikasiga qaytarildi. 

Ag‘dam viloyati aholisi bugungi kunda 202 200 kishini tashkil etadi. 

Ishg‘ol qilinishidan oldin viloyat hududida 54 ta tibbiyot muassasasi va 79 ta madaniyat markazi faoliyat ko‘rsatgan. 

Avvalroq, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlarining razvedka-qo‘poruvchilik guruhini Ozarbayjon hududiga ko‘chirishga uringani haqida e’lon qilib, olti nafar armanistonlik harbiy qo‘lga olinganini aytgandi.  

Keyinchalik, Armaniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan chegarada sodir bo‘layotgan voqealar Ozarbayjon tomonidan xalqaro huquqning qo‘pol ravishda buzilishi ekanligini ta’kidlagandi. 

So‘ng, AQSH Armaniston va Ozarbayjonni chegaralarni tinchlik yo‘li bilan belgilashga chaqirdi va bunda yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Aliev Ag'dam

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing