Erdöğanni Aliyevning huzuriga nima yetaklab bordi?

Tahlil

−

Reklama
0:00

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan inqirozlar eng avjiga çiqqan, Anqara va Baku munosabatlari qil ustida turgan, xalqaro ekspert-tahlilçilar esa ikki davlat örtasida yirik qarama qarşilik yuz berişini kutayotgani fonida Qoraboğ ozod etilganining olti yilligi munosabati bilan rafiqasi Emina Erdöğan hamrohligida Ozarbayjonga bordi.

Ozarbayjon uçun 8 noyabr öta muhim kun. Aynan şu kuni, 2020 yilda, Qoraboğdagi 44 kunlik uruş Ozarbayjonning ğalabasi bilan yakunlangan. Şu bois mamlakatda bu sana Ğalaba kuni sifatida keng nişonlanadi va zamonaviy Ozarbayjon tarixidagi muhim voqealardan biri hisoblanadi.

Fuzuliy aeroportida Rajab Toyib Erdöğanni Ilhom Aliyevning şaxsan özi, rafiqasi Mehribon Aliyeva va qizi Leyla Aliyeva bilan kutib oldi. Bu şunçaki diplomatik uçraşuv emas, balki oilaviy yaqinlik edi. Birinçi xonimlarning quçoqlaşib körişişi, samimiy muloqoti, ikki davlat rahbarining jurnalistlar kameralari qarşisidagi tabassumi rasmiy diplomatiya ortida şaxsiy munosabatlar va özaro yaqinlik ham muhim örin tutişini körsatdi.

Aynan şu manzaraning öziyoq Turkiya va Ozarbayjon munosabatlari bundan buyon qanday davom etişi, Erdöğan bu taşrifdan qanday natija kutayotgani haqidagi savollarga aeroportning özidayoq ramziy javob böldi.

Taşrifning asosiy maqsadi qandaydir hujjatlar imzolaş, rasmiy marosimlarda iştrok etiş, yoki mamlakatlar örtasidagi rasmiyatçilikdan iborat emas. Aksinça, asosiy maqsad ikki mamlakat örtasidagi yaqin munosabatlarni köz-köz qiliş, xalqaro tahlilçilarning “Anqara va Baku aloqalari inqiroz yoqasida turibdi, tomonlar bir-biriga qarşi pozitsiyani egallaşi mumkin”, degan taxminlariga nuqta qöyiş edi. 

Aliyev gapini qaytarib oldi

8 noyabr kuni Turkiya rahbarini Şuşa şahrida rasmiy kutib oliş marosimi ötkazildi.  Tadbirda ikki mamlakatning davlat bayroqlari kötarilib, faxriy qorovul saf tortdi. Turkiya va Ozarbayjon davlat madhiyalari yangradi. Rasmiy marosim yakunlanganidan keyin ikki davlat rahbari Şuşa şahri hokimligi binosiga kirib, tor doirada yuzma-yuz uçraşuv ötkazdi. 

Şuşa gubernatorligida bölib ötgan yakkama-yakka uçraşuvdan söng Turkiya Prezident Rajab Toyib Erdöğan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan qöşma matbuot anjumani ötkazdi.

Qoraboğ ğalabasining 6 yilligida Ozarbayjonda bölganidan xursand ekanligini ifoda etgan Erdöğan Turkiya va Ozarbayjon örtasidagi birodarlikni zaiflaştirişga urinayotgan kuçlar heç qaçon maqsadiga erişa olmasligini bildirdi. Erdöğanning aytişiça, ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar tarixdagi turli sinovlardan ötib, bugungi yuksak darajaga yetgan. U Turkiya va Ozarbayjon örtasidagi yaqinlikni “Bir millat, ikki davlat” şiori bilan ifodalagan.

“Bu qalb birligi muştarak ötmişimizdan kuç olib, kelajagimizga nur soçuvçi sönmas maş’aldir”, deydi Turkiya rahbari.

Şuningdek, Erdöğan Ozarbayjonning 44 kunlik uruş oqibatida öz hududlarini bosqindan ozod qilişi Janubiy Kavkazda yangi davr boşlanişiga yöl oçganini aytgan. U 2021 yilning 15 iyun kuni Şuşa şahrida imzolangan deklaratsiyani ham eslatib, uşbu hujjat ikki mamlakat örtasidagi birodarlikni ittifoqçilik darajasida mustahkamlaganini ta’kidlagan.

“Birodarligimizni zaiflaştirişni istaganlar keça ham, bugun ham, ertaga ham öz maqsadlariga aslo erişa olmaydi”, deydi Erdöğan.

Turkiya Prezidenti Ozarbayjonning Qoraboğni qayta tiklaş va mintaqani avvalgi jonli hayotiga qaytariş borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. U Anqara Bakuning öz huquqlari uçun kuraşişini, şuningdek, mintaqada barqaror tinçlik örnatişga qaratilgan harakatlarini qöllab-quvvatlaşini bildirgan.

Ozarbayjon Prezidenti Turkiya va Ozarbayjon birligi abadiy va mustahkam ekanini ta’kidlab, ikki davlat örtasiga kirişga urinayotganlar heç qaçon muvaffaqiyat qozona olmasligini aytgan.

Şuningdek Aliyev öz nutqida Ikkinçi Qoraboğ uruşi davomida Turkiya va uning xalqi Ozarbayjonni qöllab-quvvatlaganini tan oldi. Garçi Aliyev atigi bir oy avval boşqaça fikrda bölgan bölsa ham.

“44 kun davomida siz, hurmatli prezident Erdöğan, va birodar turk xalqi biz bilan birga böldingiz. “Ozarbayjon yolğiz emas”, degan bayonotingiz bizga qöşimça kuç bağişladi. Bu heç qaçon unutilmaydi”, deb aytgan Ozarbayjon yetakçisi”.

Şuningdek, Aliyev 44 kunlik uruş davomida Ozarbayjon armiyasi 300 dan ortiq şahar va qişloqni ozod qilganini, janglarda 3 ming nafar harbiy halok bölganini aytgan. U ularning qoni yerda qolmaganini va tarixiy adolat tiklanganini ta’kidlagan.

Aliyev 44 kunlik uruş Turkiya va Ozarbayjon örtasidagi birlikni yana bir bor namoyon etganini qayd etgan. Uruşdan yetti oy ötib, Şuşa şahrida imzolangan deklaratsiya esa ikki davlat munosabatlarini rasman ittifoqçilik darajasiga olib çiqqanini aytgan.

Biroq bundan atiga bir oy avval 2 oktyabr kuni U Ozarbayjon uruşda yolğiz bölganini, heç kim yordam bermaganini va mamlakat qölga kiritgan barça qurol-yaroğini öz mablağiga sotib olganini ta’kidlagandi. Bu gaplar Turkiyada ham norozilik va savollarni keltirib çiqargan edi.

“Biz yolğiz edik. Barça qudratli homiylar bizga qarşi edi. Bizga heç kimning yordami yoki homiyligi kerak emas. Yordamga muhtoj bölganimizda, heç kim yordam bermadi. Nimaga ega bölgan bölsak, barçasini öz mablağimizga sotib oldik”.

Matbuot anjumanidan söng ikki prezident Şuşa qal’asi oldiga bordi va u yerda birgalikda suratga tuşdi. Şundan söng, Erdöğan Ilhom Aliyev hamrohligida Xöjali şahridagi Xöjali genotsidi yodgorligiga bordi. Ikki davlat rahbari yodgorlik poyiga gulçambar qöydi.

Turkiya Prezidentining rasmiy bayonotiga köra, Erdöğan keyinçalik Xöjali fojiasi muzeyini ham közdan keçirgan, mutasaddilardan ma’lumot olgan va xotira kitobiga qayd yozgan. Şundan keyin davlat rahbarlari Xankendi şahrida Qoraboğdagi ğalaba şarafiga örnatilgan Ğalaba monumentiga taşrif buyurdi. Ikki prezident monument poyiga gulçambar qöydi. Erdöğan halok bölganlar xotirasiga duo qildi.

Bu taşrifning e’tiborga molik jihati şundaki, Erdöğan özi Ozarbayjonga heç qanday amaliy taşrif bilan kelgani yöq. U heç qanday katta rasmiy tadbirlar ötkazilmasa ham özining eng işonganlari yiğilgan delegatsiyani olib keldi. Ular orasida Turkiya Milliy razvedka taşkiloti rahbari Ibrohim Qalin, Taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan hamda sobiq boş vazir, Turkiy davlatlar taşkiloti Oqsoqollar kengaşi raisi Binali Yildirim ham bor edi. Nega ularning borligi ahamiyatli? deb sörasangiz, inqiroz fonida Hoqon Fidan Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaşning (CICA) VII sammitida iştirok etiş uçun 15 oktyabr kuni Ozarbayjonga borgandi. U Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev qabulida ham bölgan. Bu muloqotlarda ikki davlat munosabatlarining holati va sönggi siyosiy jarayonlar muhokama qilingan.

Birinçi xonimlar nima bilan band edi?

Şuşada Mehribon Aliyeva qizi Leyla Aliyeva bilan Emine Erdöğanni çoy ustida suhbatga taklif qildi.

Bunday uçraşuvlar diplomatik protokolda norasmiy muloqot uçun imkoniyat yaratadi. Davlat rahbarlarining rasmiy muzokaralaridan farqli ravişda, birinçi xonimlar örtasidagi suhbatlar madaniy, ijtimoiy va gumanitar aloqalarni namoyon etişga xizmat qiladi. Şu ma’noda, Emine Erdöğan va Mehribon Aliyevaning birgalikda köriniş berişi ham Anqara va Boku örtasidagi yaqinlikning yana bir ramziy ifodasi böldi.

Erdöğaning eng sevimli qöşiği kuylandi

Qardoşlik riştalarini yana bir bor namoyiş etgan bu kunni rasmiy ziyofatsiz yakunlab bölmasdi. Xankendida Ilhom Aliyev va Mehribon Aliyeva nomidan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan hamda uning rafiqasi Emina Erdöğan şarafiga rasmiy ziyofat taşkil etildi. Tadbir davomida konsert dasturi ham namoyiş qilindi.

Ijro etilgan kuy-qöşiqlar orasida Turkiya rahbarining eng sevimli qöşiqlaridan biri ham bor edi. Bu qöşiqning tanlanişi bejiz emas. Gap Erdöğanning özi ham kuylab yurgan, saylovoldi kampaniyasi vaqtida ham ijro etgan qöşiği haqida ketmoqda.

Qöşiq nomi “Biz bu yöllardan birgalikda ötdik” degan ma’noni anglatadi. Uning ziyofat dasturidan joy olişi Erdöğanga bölgan hurmat ifodasi böliş bilan birga, Turkiya va Ozarbayjonning bugungi kunlarga birgalikda yetib kelganini anglatadi.

Ziyofatdan söng Erdöğan va Aliyev rafiqalari bilan birgalikda Ikkinçi Qoraboğ uruşi qahramonlari hamda “Qoraboğ” va “Zafar” ordenlari bilan taqdirlangan harbiy xizmatçilar bilan uçraşdi. 

Anqara va Baku munosabatlari nega sovuqlaşdi?

Erdöğanning Ozarbayjonga taşrifi nima uçun muhim bölganini tuşuniş uçun bundan bir neça hafta avvalgi voqealarga nazar taşlaş kerak.

2026 yil oktyabr oyida Anqara va Baku munosabatlarida sovuqlik yuzaga kelgandi. Bunga bir neçta omil sabab böldi. Ozarbayjonda maktab formasi va römolga oid diniy qoidalar yuzasidan Turkiyada tanqidlar yangradi. Baku buni mamlakatning içki işlariga aralaşiş sifatida qabul qildi. Ayrim turkiyalik fuqarolarning Ozarbayjonga kirişiga çeklovlar qöyilişi va Turkiya rasmiylari örtasidagi keskin bayonotlar ham vaziyatni murakkablaştirdi.

Taranglikning yana bir belgisi 30 oktyabr kuni Anqarada ötkazilgan Turkiy davlatlar taşkilotining sammitida namoyon böldi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev sammitda şaxsan qatnaşmadi, mamlakat delegatsiyasiga taşqi işlar vaziri Jayhun Bayramov boşçilik qildi. Bu holat xalqaro matbuotda ikki davlat munosabatlaridagi sovuqlik bilan boğliq holda talqin qilindi.

Bundan taşqari, Anqara va Baku örtasidagi ayrim mintaqaviy siyosiy qaraşlar, xususan, Armaniston bilan munosabatlar va Isroil bilan hamkorlik masalalari ham munosabatlar fonida muhokama qilindi. Bu voqealarning tafsilotlari haqida QALAMPIR.UZʼning YouTube kanalida alohida dastur tayyorlaganmiz. Mavzuning batafsil tahlilini şu yerdan körişingiz mumkin.

Turkiya va Ozarbayjonni faqat ikki prezidentning şaxsiy munosabatlari yoki tarixiy yaqinlik boğlab turmaydi. Bu aloqalarning ortida siyosiy, iqtisodiy, energetik va harbiy manfaatlar ham bor. Xöş, Turkiya uçun Ozarbayjonning ahamiyati nimada? Baku Anqara bilan munosabatlarni saqlab qolişdan qanday manfaat köradi? Va ikki davlat örtasidagi hamkorlikni siyosiy kelişmovçiliklar qançalik zaiflaştirişi mumkin?

Iqtisodiy va energetik boğliqlik: Turkiyaga Ozarbayjondan nima naf?

Turkiya va Ozarbayjon munosabatlarining eng mustahkam asoslaridan biri – iqtisodiy va energetik hamkorlik. Siyosiy kelişmovçiliklar yuzaga kelgan taqdirda ham, ikki davlat örtasidagi iqtisodiy aloqalar munosabatlarni saqlab qoluvçi muhim omil bölib qoladi. Ozarbayjon Turkiyaning muhim savdo hamkorlaridan biri. Turkiya esa Ozarbayjonning eksport va import operatsiyalarida asosiy hamkorlar qatoriga kiradi. Ozarbayjonning Turkiyadagi elçixonasi ma’lumotlariga köra, 2025 yilda ikki davlat örtasidagi savdo aylanmasi 5,72 milliard dollarni taşkil etgan. Şundan Ozarbayjonning Turkiyaga eksporti 3,38 milliard dollar, Turkiyaning Ozarbayjonga eksporti esa 2,34 milliard dollar bölgan. 5 noyabr kuni Janubiy Koreyadan qaytayotgan Erdöğan jurnalistlarga bu ikki tomonlama savdo hajmidagi uşbu raqamlar 11 milliard dollardan oşganini, uni 15 milliard dollarga yetkaziş maqsad qilinganini ham ma’lum qilgan.   

Körib turganingizdek, mazkur raqamlar Turkiya va Ozarbayjon munosabatlari real iqtisodiy manfaatlar bilan boğlanganini oçiqlab turibdi. Ozarbayjonning Turkiya iqtisodiyotidagi iştiroki haqida gap ketganda, SOCAR kompaniyasini alohida körsatiş kerak. SOCAR Ozarbayjonning davlatga tegişli energetika kompaniyasi bölib, uning Turkiyadagi faoliyati neftni qayta işlaş, neft-kimyo, logistika va boşqa yönalişlarni qamrab oladi. Turkiyadagi eng yirik Ozarbayjon investitsiyalaridan biri – Izmir viloyatining Alioğa hududida joylaşgan STAR neftni qayta işlaş zavodi. Ozarbayjon elçixonasi ma’lumotiga köra, zavodga kiritilgan kapital investitsiya 6,3 milliard dollarni taşkil etgan. Bu loyiha Ozarbayjon kapitalining Turkiya sanoatidagi yirik iştirokini körsatadi. SOCARʼning Turkiyadagi faoliyati faqat xom neft yetkazib beriş bilan çeklanmay, uni qayta işlaş va sanoat mahsulotlariga aylantirişni ham öz içiga oladi. Şu jihatdan SOCAR Turkiya va Ozarbayjon örtasidagi iqtisodiy aloqalarning asosiy institutsional tayançlaridan biri hisoblanadi. Biroq SOCARʼni Ozarbayjon siyosiy elitasining barça iqtisodiy manfaatlarini ifodalovçi yagona kompaniya sifatida körsatiş töğri emas. Kompaniya davlatga tegişli bölsa-da, uning Turkiyadagi faoliyati iqtisodiy va sanoat manfaatlari doirasida tahlil qilinişi kerak.

Turkiya Ozarbayjon gaziga qançalik boğliq?

Energetika munosabatlari ikki davlat hamkorligining eng muhim yönalişlaridan biridir. Ozarbayjon Turkiyaga tabiiy gaz yetkazib beradi. Bu hamkorlikning asosiy infratuzilmalaridan biri – TANAP, ya’ni Trans-Anadolu gaz quvuri. TANAP Ozarbayjon gazini Gruziya orqali Turkiyaga yetkazib, keyinçalik yevropa bozorlariga uzatiş imkonini beruvçi Janubiy gaz yölagining muhim qismidir. Bundan taşqari, Baku – Tbilisi – Jayhun neft quvuri Ozarbayjon neftini Turkiyaning Örta yer dengizi sohiliga yetkazadi. Uşbu yönaliş Ozarbayjonning xalqaro energetika bozoriga çiqişida muhim rol öynaydi.

Turkiya uçun bu hamkorlik energiya manbalarini diversifikatsiya qiliş va mintaqaviy tranzit markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlaş imkonini beradi. Ozarbayjon uçun esa Turkiya katta iste’mol bozori va energetika mahsulotlarini xalqaro bozorlarga olib çiqişda muhim hamkor hisoblanadi. Bu özaro manfaatli boğliqlikdir. Şu sababli ikki davlat örtasidagi siyosiy kelişmovçiliklar energetika sohasidagi hamkorlikka ham ta’sir qilişi mumkin, biroq mavjud iqtisodiy manfaatlar munosabatlarni yuqori darajada mustahkam saqlab qoliş uçun kuçli rağbat yaratadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing