Alisher Usmonov zangiotaliklarga 2,5 milliard so‘m ajratdi
Jamiyat
−
22 may 2020
11683Alisher Usmonov Hayit bayrami arafasida Zangiota tumanidagi 1 ming 4 ta oilaga 2 milliard 510 million so‘mlik moddiy yordam ajratdi. Bu haqda Toshkent viloyati axborot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, tadbir davomida, Zangiota tumanidagi 1004 ta xonadon yo‘qlangan. Shuningdek, yakka-yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan, nogironlari bor oilalar tanlab olingan.
Avvalroq, tadbirkor xuddi shunday summadagi yordamni Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 1000 ta oilaga taqdim qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Usmonov koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga 25 mln dollar, keyinroq Sardoba talofatidan jabr ko‘rgan O‘zbekiston va Qozog‘iston aholisi uchun 15 million dollar ajratgandi.
LiveBarchasi