Alisher Usmonov “Forbes” reytingida yuqoriladi
Olam
−
16 aprel 2020 13551 1 daqiqa
O‘zbekistonda tug‘ilgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov “Forbes” jurnali talqiniga ko‘ra eng boy rus biznesmenlari reytingida 7-o‘rinni oldi.
USM Holdings kompaniyasi asoschisi va asosiy hissadori Alisher Usmonov 13,4 mlrd dollar boyligi bilan TOP-10 talikda qolgan. O‘tgan yili milliarder 9-o‘rinda edi.
Rossiyalik milliarderlar orasida Vladimir Potanin birinchi o‘rinni egallagan. U "Norilskiy nikel" kompaniyasi hamda "Interros" xoldingi prezidenti hisoblanadi. Uning boyligi 19,2 mlrd dollarga baholangan.
Ikkinchi o‘rin "Novolipets metallurgiya kombinati" raisi Vladimir Lisinga nasib qilgan. Lisinning boyligi 18,1 mlrd dollarga teng.
Uchinchi o‘rinni Leonid Mixelson egalladi. U "Novatek" energetika kompaniyasi raisi hioblanadi. Uning boyligi 17,1 mlrd dollarga teng.
Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga 20 million dollar ajratgan edi. Bundan tashqari, virus vaksinasi topilsa, uni O‘zbekistonga olib kelishini aytgan.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel