Alisher Usmonov xoldingi koronavirusga qarshi kurash uchun Rossiyaga 2 mlrd rubl ajratdi

Olam

image

USM xoldingi aksiyadorlari Rossiya hududiga COVID-19 koronavirus infeksiyasi olib kirilishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha tezkor shtab ehtiyojlari uchun 2 mlrd rubl ajratishga qaror qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Alisher Usmonov, Vladimir Skoch, Farhod Moshiri va Ivan Streshinskiy USM xoldingning asosiy aksiyadorlari hisoblanadi.

“USM aksiyadorlari beg‘araz ajratgan mablag‘lar shtab faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga sarflanadi. Birinchi navbatda tibbiyot xodimlari va volontyorlarning shaxsiy himoyasi uchun vositalar, ularning transport ta’minoti, shuningdek, koronavirusga chalinganlarni davolashda qatnashayotgan tibbiyot xodimlari va boshqa shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun sarflash rejalashtirilyapti. Shtab ehtiyojlaridan kelib chiqib, bu yo‘nalishlarga tuzatishlar kiritilishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda USM shtabga himoya vositalari va boshqa buyumlarni sotib olishda yordam bera boshlagan.

Avvalroq, asli kelib chiqish o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun 20 mln dollar mablag‘ ajratgandi. Bu yordami uchun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev unga minnatdorlik bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov koronavirus

Baholaganlar

304

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing