Aktyor Abduxoliq Mamarasulov vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 21 oktyabr kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abduxoliq Mamarasulov 74 yoshda vafot etdi. Uning janozasi Toshkentdagi sobiq “O‘zbekfilm” mahallasidagi “Sobitxon xoji ota” masjidida o‘qilgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilinishicha, aktyor bir necha yildan buyon yurak kasalligi bilan kurashayotgan bo‘lgan. O‘limidan bir muddat avval ham shifoxonaning jonlantirish bo‘limida davolangan.

Abduxoliq Mamarasulov 1970 yildan boshlab Muqumiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatrida hamda “Mushtum” jurnalida faoliyat yuritgan. U “Televizion miniatyuralar teatri”dagi rollar bilan xalqqa tanilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 sentyabr kuni O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev 77 yoshida, 19 iyul kuni O‘zbek Milliy akademik drama teatrining zabardast aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Tolib Karimov 83 yoshida, may oyida esa taniqli raqqosa, o‘zbek raqs san’atida o‘z maktabini yaratgan O‘zbekiston xalq artisti Qizlarxon Do‘stmuhammedova 77 yoshida vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

ta'ziya Abduxoliq Mamarasulov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing